LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 23-yanvardagi 1/8-sonli ““Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1648-7, 27.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Lizing to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, Markaziy bank Boshqaruvining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
— “O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan moliyaviy lizingni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 7-maydagi 9/7-sonli qaror (1999-yil 20-iyul, ro‘yxat raqami 776);
— “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 25-noyabrdagi 26/7-sonli qaror.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Lizing to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq banklar tomonidan lizing operatsiyalarini amalga oshirish hamda lizing operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq buxgalteriya hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari banklar tomonidan mikrolizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga ham tatbiq qilinadi.
lizing (moliyaviy ijara) — bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turi;
mikrolizing — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq 600 mln so‘mdan oshmaydigan summada beriladigan lizing;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
lizing obyektlari — tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk (yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno);
lizing beruvchi — lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi bank;
lizing oluvchi — lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektini egalik qilish va foydalanish uchun olayotgan shaxs;
lizing shartnomasi muddati — lizing shartnomasi bo‘yicha tomonlar majburiyatlarining to‘la bajarilgungacha bo‘lgan davr;
lizing muddatining boshlanishi — lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchining lizing obyektiga egalik qilish va foydalanish huquqini amalga oshirishni boshlagan sana, ya’ni lizing obyektini dastlabki (boshlangich) tan olish sanasi;
lizing to‘lovlari — lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko‘p qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarining lizingga oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchi daromadi yig‘indisi;
minimal lizing to‘lovlari — lizing oluvchi yoki uning kafolatchisi (kafili) tomonidan lizing shartnomasiga ko‘ra lizing beruvchiga uning lizing obyektini sotib olish va uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlarini, lizing daromadi (foizi) qo‘shilgan holda lizing muddati davomida to‘lanishi lozim bo‘lgan summa;
lizing beruvchining daromadi — lizing to‘lovlari bilan lizing obyektini sotib olish, uni yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan, lizing beruvchi tomonidan lizing operatsiyasini amalga oshirish natijasida oladigan foiz daromadi;
lizing obyektining haqqoniy qiymati — muayyan bir sanada lizing obyektini sotib olish yoki lizing obyektini sotib olish bo‘yicha bitim tuzishni xohlovchi bir-biriga qaram bo‘lmagan xabardor tomonlar o‘rtasidagi majburiyatni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa;
diskontlash — kelgusida aniq bir vaqtda olinishi kutilayotgan pul mablag‘larining joriy ekvivalentini aniqlash;
lizing obyektining xizmat muddati — lizing obyektiga qonunchilik hujjatlari asosida amortizatsiya hisoblanadigan davr;
(1-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
dastlabki bilvosita xarajatlar — lizing shartnomasini tuzish va lizingni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan va lizing obyekti qiymatiga qo‘shilmaydigan xarajatlar;
dastlabki bevosita xarajatlar — lizing obyektini yetkazib berish, uni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan va lizing obyekti qiymatiga qo‘shiladigan xarajatlar.
2. Banklar faqat lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing obyekti lizing oluvchining mulkiga o‘tishini ko‘zda tutuvchi lizing operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
Bunda lizing oluvchi lizing beruvchi bankka lizing obyektini sotib olish, uni yetkazib berish, ishga tayyor holga keltirish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini va kelishilgan foizlar to‘lovini amalga oshirishi lozim.
3. Lizing beruvchi bank lizing obyektini sotuvchidan kelgusida uning o‘ziga lizing asosida foydalanish uchun berish maqsadida sotib olgan taqdirda bir shaxsning o‘zi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
4. Lizing operatsiyalari moliyaviy barqaror bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga to‘lovlilik, ta’minlanganlik, bank tomonidan lizing obyektini sotib olishga investitsiya qilingan kredit mablag‘larini qaytarishlik va maqsadga muvofiq foydalanishlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
5. Lizing operatsiyasi lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan bevosita tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida ishlatilishi ko‘zda tutilgan hollarda ko‘rsatiladi.
Qimorxonalar va billiardxonalarni tashkil etishda lizing obyektini qo‘llash ko‘zda tutilgan hollarda lizing xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Lizing bo‘yicha moliyaviy ijaraga olingan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lishi, yo‘qolishi, o‘g‘irlanishi, shikastlanishi, buzilishi va barvaqt eskirishi xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan tarzdagi har qanday yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarardan lizing obyektini sug‘urtalash taraflarning kelishuviga binoan sug‘urtalanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, lizing oluvchi lizing obyekti sug‘urtasi uchun javobgar bo‘ladi.
7. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘zaro kelishgan holda qonunchilik hujjatlariga muvofiq lizing obyektini jadal amortizatsiya qilishni qo‘llash huquqiga ega.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
8. Banklar qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Nizom asosida lizing xizmatlari ko‘rsatishning ichki tartibini ishlab chiqishlari lozim. Mazkur ichki tartiblarda qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizomga zid me’yorlarni o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9. Lizing oluvchi lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1648-5, 06.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 49-son, 563-modda)
Lizing beruvchi banklar lizing berish yuzasidan qaror qabul qilish uchun lizing oluvchidan uning lizing to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni so‘rab olishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing kompaniyalariga ularga ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochgan tijorat banklari tomonidan import asosida lizing obyektlarini yetkazib berish bilan bog‘liq lizing xizmati ko‘rsatilishi mumkin..
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2007-yil 9-martdagi 8/5-sonli (ro‘yxat raqami 1648-1, 26.03.2007-y.) qarori asosida yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 13-son, 123-modda).
10. Buyurtma lizing beruvchi bank tomonidan ko‘rib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi:
lizing beruvchi bank oldidagi majburiyatlarni buyurtma beruvchi tomonidan o‘z vaqtida bajarish imkoniyatining mavjudligi.
11. Lizing obyekti shartnomaga muvofiq lizing beruvchi bank tomonidan lizing obyektini sotib olishga, lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq va boshqa xarajatlarini qaytarish hamda lizing daromadi (foizi) to‘lovini amalga oshirish ta’minoti vazifasini bajarishi mumkin.
Bunda lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchi bank foydasiga yo‘qolish va shikastlanish hodisalaridan ixtiyoriy sug‘urta qilinishi va bu to‘g‘risida sug‘urta polisini bankka taqdim etilishi shart.
Lizing beruvchi lizing operatsiyasini amalga oshirish natijasida sarflangan mablag‘larning qaytarilishi va lizing foizi to‘lanishining kafolati sifatida lizing oluvchidan boshqa ta’minot shakllarini taqdim etishni talab qilishi mumkin.
13. Lizing oluvchining buyurtmasi bo‘yicha lizing beruvchi bank tomonidan lizing operatsiyasini amalga oshirish yoki oshirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish muddati buyurtma bankka kelib tushgan kundan boshlab 30 ish kunidan, mikrolizing operatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha esa 10 ish kunidan oshmasligi lozim.
Lizing operatsiyasini amalga oshirish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, lizing beruvchi bank lizing oluvchiga bu haqda rad etish sababini asoslagan holda yozma shaklda ma’lum qilishi shart.
14. Lizing operatsiyasini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bu haqda lizing oluvchiga bildiriladi hamda lizing beruvchi bank va lizing oluvchi o‘rtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lizing shartnomasi tuziladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Lizing obyekti hisoblangan mol-mulk bo‘yicha tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda lizing shartnomasi notarial tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalari olish chog‘idagi lizing to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1648-6, 16.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 10/20/1648-6/0323-son)
15. O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:
b) lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‘lsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangich qiymatining 20 foizidan kam bo‘lsa;
v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo‘ladi;
g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to‘lovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lsa.
16. Lizing shartnomasi lizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan kam bo‘lmagan muddatga tuziladi. Bunda lizing obyektining xizmat muddati O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 306-moddasi oltinchi qismida belgilangan asosiy vositalarning amortizatsiya normalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1648-6, 16.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 10/20/1648-6/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaliklariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi mashina-traktor parklariga qishloq xo‘jaligi mashinalarini lizingga berish borasidagi lizing shartnomalari 10 yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2007-yil 17-noyabrdagi 31/1-son qarori (ro‘yxat raqami 1648-3,27.11.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 48-49-son, 490-modda)
Lizing shartnomasida lizing shartnomasi amal qilishi boshlangandan to tugagunga qadar lizing obyektining qiymati bo‘yicha vujudga keladigan o‘zgarishlarni inobatga olib, lizing to‘lovlari summasiga taraflarning kelishuviga binoan tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish shartlari ko‘zda tutilishi mumkin.
Lizing oluvchilar lizing obyektini lizing shartnomasi muddati tugashidan oldin istalgan vaqtda lizing obyektining qoldiq qiymatini va hisoblangan lizing foizi to‘lovini amalga oshirgan holda lizing obyektini o‘z mulkiga olishi mumkin. Lizing obyekti qoldiq qiymati va hisoblangan foizlar to‘lovi to‘laligicha amalga oshirilgan kundan boshlab lizing shartnomasi shartlari to‘la bajarilgan hisoblanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2007-yil 30-iyundagi 18/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1648-2, 09.07.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 27-28-son, 292-modda)
17. Lizing shartnomasi tuzilganidan so‘ng lizing beruvchi bank va sotuvchi o‘rtasida lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Bunda lizing beruvchi bank sotuvchiga mol-mulk muayyan lizing oluvchiga berish uchun sotib olinayotganligini bildirishi shart.
18. Lizing obyektini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi imzolanib, mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqi lizing oluvchiga o‘tganidan so‘ng lizing operatsiyasi amalga oshirilgan hisoblanadi.
19. Lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing obyekti sotuvchi tomonidan bevosita lizing oluvchiga u turgan joyda topshiriladi.
Foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi lizing oluvchi tomonidan rasmiylashtiriladi va lizing beruvchi bank, lizing oluvchi hamda sotuvchi tomonidan imzolanadi.
20. Lizing obyekti yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing oluvchi:
lizing shartnomasini bajarmaslik yoki tegishlicha bajarmaslik natijasida yetkazilgan zararlarni to‘lashni lizing beruvchidan talab qilishga haqlidir.
lizing oluvchining to‘lov qobiliyati va uning biznes-rejasining samaradorligi to‘g‘risida lizing beruvchi bankning xulosasi;
Lizing shartnomasi yuzasidan qo‘shimcha kelishuv tuzilgan taqdirda, u ham lizing oluvchining lizing yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.
22. Lizing oluvchi lizing shartnomasida belgilangan muddat davomida lizing obyektiga egalik qilish va undan foydalanish huquqini oladi.
Lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi bo‘yicha o‘zida paydo bo‘lgan huquq, majburiyat va boshqa manfaatlarni uchinchi shaxsga o‘tkazish (qo‘shimcha lizing)ga faqat lizing beruvchining yozma roziligi asosida ruxsat etiladi.
Lizing obyektini o‘z vaqtida yetkazib berilishi va butlanishi hamda uni o‘rnatishga doir majburiyatlarning bajarilishi bo‘yicha sotuvchidan talab qilish huquqini lizing oluvchi o‘z zimmasiga olishi lizing shartnomasida belgilanishi mumkin.
24. Lizing beruvchi banklarda lizingga berilgan aktivlar hisobi 15600 — “Lizing (moliyaviy lizing)” hisobvaraqlarida yuritiladi.
25. Dastlabki tan olish lizing shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing beruvchi bank lizingga berilgan lizing obyektini o‘z balansida sof investitsiyasi qiymati, ya’ni lizing obyektini sotib olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga shay holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi yoki uning haqqoniy qiymatida, ularning qaysi biri kichik bo‘lsa o‘sha summada aktiv sifatida tan oladi.
26. Lizing beruvchi bank lizing obyekti uchun to‘lovlarni sotuvchiga oldindan to‘lab berib lizing obyekti to‘g‘ridan to‘g‘ri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, lizing beruvchi bank foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to‘ldirib, quyidagi buxgalteriya amallarini bajaradi:
27. Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so‘ngra lizing oluvchiga lizingga berilsa quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:
28. Lizing beruvchi bank tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi.
Lizing shartnomasiga muvofiq yuqoridagi xarajatlar lizing oluvchi tomonidan qoplanmagan taqdirda, mazkur xarajatlar yuzaga kelgan paytdagi tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi.
29. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing obyekti dastlabki tan olinganidan so‘ng, keyingi hisob lizing oluvchi tomonidan to‘lanadigan lizing bo‘yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va u bo‘yicha foizlarning hisobini yuritishdan iborat. Keyingi hisob lizing obyektini baholab borishni ham o‘z ichiga oladi.
30. Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga berish (olish) vaqtida lizing beruvchining daromadi (lizing oluvchining lizing foizi bo‘yicha xarajatlari) buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
31. Minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymatini hisoblashda diskontlaydigan omil bo‘lib, agar uni aniqlashning imkoniyati bo‘lsa, lizing shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkasi hisoblanadi, aks hollarda, qarz sarmoyasi bo‘yicha o‘sib boruvchi foiz stavkasidan foydalaniladi.
32. Lizing shartnomasida lizing beruvchi va lizing oluvchi lizing to‘lovlari jadvali (tartibi)ni kelishib oladi. Lizing to‘lovlari jadvalida lizing beruvchi bankning daromadi (foizi)ni to‘lash hamda lizing obyekti qiymatini qoplash bo‘yicha lizing oluvchining majburiyatlari va ularning lizing muddati davomida taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Lizing to‘lovlari jadvalida lizing beruvchining daromadi lizing shartnomasi muddati davomida muntazam ravishda davrlar bo‘yicha teng taqsimlanishi aks ettirilishi lozim. Bunda, lizing shartnomasining har bir davrida qoplanmagan majburiyatlar qoldig‘iga doimiy foiz stavkasi qo‘llaniladi.
33. Lizing beruvchi bankning daromadi lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlarining amalga oshirilishidan qat’i nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq hisoblanadi.
34. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing bo‘yicha foizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:
Dt Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari yoki mijozning depozit yoki bankning vakillik hisobvarag‘i (umumiy summaga);
Kt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq) (asosiy qarz summasining qaytarilgan summasiga);
Kt 16323 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar (foizli daromad summasiga).
36. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari to‘liq bajarilgan taqdirda 15600 Lizing (moliyaviy ijara) va 16323 Lizing bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldig‘i nolga teng bo‘ladi.
Lizing oluvchi tomonidan lizing obyekti lizing shartnomasi muddati tugamasidan oldin sotib olingan hollarda ham ushbu hisobvaraqlardagi qoldiq nolga teng bo‘ladi.
37. Lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni o‘z balansiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali qabul qiladi:
38. Lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda aktivga Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1304, 2004-yil 24-yanvar) asosan o‘stirmaslik maqomi beriladi va aktivning kelgusi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1648-5, 06.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 49-son, 563-modda)
39. Lizing Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) talablaridan kelib chiqqan holda tasniflanadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1648-5, 06.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 49-son, 563-modda)
40. Banklar lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchi sifatida ishtirok etgan taqdirda lizingga olingan aktivlar hisobi 16515 — Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqining, lizing bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar esa 22100 — Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlarning tegishli mos hisobvaraqlarida yuritiladi.
41. Lizing lizing oluvchi bankning moliyaviy hisobotlarida ham aktiv ham majburiyat sifatida tan olinadi. Ushbu dastlabki tan olish lizing shartnomasi muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing oluvchi bank lizing obyektini o‘z balansida sof investitsiya qiymati yoki uning haqqoniy qiymatining qaysi biri kichik bo‘lsa o‘sha summada aks ettiradi.
43. Lizing oluvchi bank tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektini sotib olish, yetkazib berish yoki belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi.
Lizing obyekti lizing oluvchi bank balansida aktiv va majburiyatlarning alohida moddalari sifatida aks ettirilishi lozim. Lizing bo‘yicha majburiyatni aktiv summasidan chegirib tashlagan holda (kontr-aktiv hisobvaraq sifatida) ko‘rsatishga ruxsat etilmaydi.
44. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing dastlabki tan olingandan so‘ng keyingi hisob majburiyat bo‘yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va lizing bo‘yicha foizlar to‘lash hisobini yuritishdan iborat.
Keyingi hisob, lizing bilan bog‘liq barcha xavf-xatarlar lizing oluvchiga o‘tganligi sababli lizing oluvchi bank tomonidan lizing obyektini baholab borish, amortizatsiya ajratmalarini va shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa xarajatlarni amalga oshirish ishlarini ham o‘z ichiga oladi.
45. Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga olish vaqtida lizing oluvchi bankning lizing foizi bo‘yicha xarajatlari buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
46. Lizing shartnomasida lizing oluvchi bank va lizing beruvchi lizing to‘lovlari jadvalini kelishib oladi, unda lizing oluvchi bankning foizli xarajatlari, lizing obyektining qiymatini qoplash bo‘yicha majburiyatlar va ularning lizing muddati davomida taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
47. Lizing to‘lovlari jadvalida lizing oluvchi bankning foizli xarajatlari lizing shartnomasining amal qilish muddati davomida davrlar bo‘yicha teng taqsimlanishi aks ettirilishi lozim. Bunda, lizing shartnomasining har bir davrida qoplanmagan majburiyatlar qoldig‘iga doimiy foiz stavkasi qo‘llaniladi.
48. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq lizing bo‘yicha foizli xarajatlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:
49. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing to‘lovlari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi:
50. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari O‘zbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risida yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1434, 2004-yil 17-dekabr) talablari asosida amalga oshiriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
(50-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1648-5, 06.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 49-son, 563-modda)
Kt 16519 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv).
51. Aniq bir davrdagi lizing oluvchi bankning lizing obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi va moliyaviy xarajatlari (lizing bo‘yicha foizlari) summasi mazkur davrda to‘lanishi kerak bo‘lgan lizing to‘lovlari summasiga teng bo‘lmasligi mumkin.
52. Lizing obyektini yillik qayta baholash lizing oluvchi bank tomonidan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
53. Lizing oluvchi bank tomonidan oxirgi to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin 16515, 16519, 22100 va 22408 balans hisobvaraqlarida mazkur lizing operatsiyalari bo‘yicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar (analitik hisob) qoldig‘i nolga teng bo‘ladi va mulkka egalik huquqi lizing oluvchiga o‘tadi.
Lizing obyektining lizing oluvchi bankka o‘tkazish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi:
Dt 16519 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv);
54. Lizing shartnomasi muddati oxirida lizing oluvchi bankka lizing obyektining sotish sanasidagi haqqoniy qiymatidan past narxda sotib olish huquqi berilgan bo‘lsa, sotib olish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
22100 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar hisobvarag‘i yopilganidan so‘ng, lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o‘tadi va bunda 36-bandda ko‘rsatilgan buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi.
55. Lizing shartnomasi uning amal qilish muddatidan oldin to‘xtatilib, lizing beruvchi tomonidan lizing obyekti shartnoma shartlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilgan taqdirda, lizing obyektini lizing beruvchiga qaytarish lizing shartnomasining amal qilish muddati to‘xtatilgan sanadagi lizing obyektining qoplanmagan qiymati summasida amalga oshiriladi va bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Dt 16519 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv);
56. Lizing obyektining hisobdan chiqarish bo‘yicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) lizing obyektining qoldiq (balans) qiymati va lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha qolgan qarz o‘rtasidagi farq sifatida lizing obyektining hisobdan chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Lizing obyektining hisobdan chiqarish bo‘yicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) aniqlaganida, oldingi qayta baholashlardagi lizing obyekti qiymatining ko‘paygan summasi, ya’ni oldingi baholashlar natijasida 30908 “Boshlangich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘ining kredit qoldig‘i lizing obyektining chiqib ketishidan ko‘rilgan daromad tarkibiga qo‘shiladi va bir vaqtning o‘zida ushbu hisobvaraq bo‘yicha rezerv kapitalini kamaytiradi.
2) hisobot sanasiga jami kelgusi minimal lizing to‘lovlari bilan ularning joriy diskont qiymati taqqoslamasi;
3) quyidagi davrlarning har biri bo‘yicha hisobot sanasiga jami kelgusi minimal lizing to‘lovlari bilan ularning joriy diskont qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
4) lizing oluvchining muhim lizing shartnomalarining quyidagilarni o‘z ichiga olgan, lekin bular bilan chegaralanmagan holda umumiy tavsifi:
a) shartnomaga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning mavjudligi va shartnoma shartlarining o‘zgartirilishi va yangi kiritilgan shartlarning xaridning qulayliligiga ta’siri imkoniyatlari;
b) lizing shartnomasi shartlariga asosan qo‘shimcha qarzdorlik va kelgusi lizing bitimida o‘rnatilgan cheklashlar.
1) hisobot sanasiga lizingga qilingan yalpi lizing investitsiyasi bilan hisobot sanasiga olinishi kerak bo‘lgan bo‘lg‘usi minimal lizing to‘lovlarining joriy diskont qiymati bilan taqqoslanmasi;
2) quyidagi davrlarning har biri bo‘yicha hisobot sanasiga lizingga qilingan yalpi lizing investitsiyasi va olinishi kerak bo‘lgan kelgusi minimal lizing to‘lovlarining joriy diskont qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
4) olinishi lozim bo‘lgan minimal lizing to‘lovlari bo‘yicha shakllangan umidsiz qarzdorlik bo‘yicha yig‘ilgan zaxira;
6) davr mobaynida lizing shartnomalari bo‘yicha tegishli mablag‘larning yalpi investitsiyadan chegirgan holdagi ma’lumotlar.