LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 2-apreldagi 5/10-sonli “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3300, 07.05.2021-y.) asosan 2021-yil 8-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7, 17 va 51-moddalari hamda “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Mikromoliyalash to‘g‘risida” va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy bo‘lgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi.
1. Mikrokredit tashkilotlari mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing, shuningdek boshqa mikromoliyaviy xizmatlar, shu jumladan qonunchilikka muvofiq iste’mol kreditlarini berish borasida xizmatlar ko‘rsatadi.
2. Mikrokredit tashkilotlari operatsiyalarni mazkur Qoidalarga va tashkilotning mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiradi.
Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qoidalari mikrokredit tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi va unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1642-4, 11.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/1642-4/2310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tarif va haqlar faqat milliy valyutada belgilanadi.
3. Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qoidalari ochiq ma’lumotlar bo‘lib, barchaning tanishib chiqishi uchun qulay joyda joylashtirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1642-3, 07.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 10/18/1642-3/1181-son)
5. Mikrokredit tashkiloti faoliyati davomida vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun zaxira fondi yaratilishi ko‘zda tutilishi mumkin va uning miqdori mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi.
qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga;
jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilishga, bundan o‘z muassislari (ishtirokchilari, mulkdorlari) mustasno;
o‘z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lishga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlashning boshqa usullarini taqdim etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llashga;
kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, mikrokreditlar (mikroqarzlar) ajratish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan mikrokreditlar (mikroqarzlar) muddatidan ilgari so‘ndirilganligi uchun neustoyka undirishga haqli emas.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1642-3, 07.05.2018-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 10/18/1642-3/1181-son)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mikrokredit tashkiloti barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun shakllantirilgan jami kapitalning miqdori mikrokredit tashkilotining jami aktivlarining 10 % kam bo‘lmagan darajada bo‘lishi kerak.
71. Mikrokredit tashkilotlari tijorat banklaridan kreditlar, yuridik shaxslardan va jismoniy shaxs-ta’sischilardan qarz mablag‘larini jalb etishga haqli. Bunda, jami jalb etilgan mablag‘lar hajmi (qoldiq) haqiqatda shakllantirilgan ustav fondi miqdoridan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mikrokreditlar to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladi. Mikroqarzlar berish muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa to‘lovlilik sharti asosida amalga oshiriladi.
9. Bir qarzdorga berilgan mikroqarz miqdori eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridan oshishi mumkin emas.
Bir qarzdorga berilgan mikrokredit miqdori eng kam oylik ish haqining ming baravari miqdoridan oshishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
91. Barcha ta’minotsiz kreditlarning summasi haqiqatda shakllantirilgan ustav fondining 10%dan oshishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni qoplash maqsadida qarzdor quyidagi ta’minotlarni taqdim etishga haqli:
mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari hamda qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Mikrolizing mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk (bundan buyon matnda mikrolizing obyekti deb yuritiladi) olish hamda lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir.
12. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladi. Mikrolizing bo‘yicha xizmat eng kam oylik ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Mikrolizing xizmatini (bundan buyon matnda mikrolizing deb yuritiladi) rasmiylashtirishda mikrolizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
mikrolizing shartnomasining muddati mikrolizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‘lsa;
lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo‘ladi;
mikrolizing shartnomasi davrida mikrolizing to‘lovlarining jami summasi mikrolizing obyekti qiymatining to‘qson foizidan ortiq bo‘lsa.
14. Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk mikrolizing obyektlari bo‘lishi mumkin.
Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulk mikrolizing obyektlari bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mikrolizing shartnomasiga bog‘liq ravishda sarflangan mablag‘lar qaytarilishining kafolati sifatida lizing beruvchi lizing oluvchidan ta’minot berilishini, shu jumladan mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, bank yoxud sug‘urta tashkilotining kafolati yoki uchinchi shaxsning kafilligi ko‘rinishidagi ta’minot berilishini talab qilishi mumkin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1642-4, 11.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/1642-4/2310-son)
16. Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda foydalanilmagan va mikrokredit tashkiloti ixtiyorida qolgan pul mablag‘lari depozit sifatida bankka qo‘yilishi mumkin.
17. Mikrokredit tashkilotining bo‘sh pul mablag‘larini joylashtirish mikrokredit tashkilotining vakolatli organi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
18. Mikrokredit tashkiloti buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlar tuzishni Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.
19. Mikrokredit tashkilotining hisoboti qonunchilikka muvofiq har yili audit tekshiruvidan o‘tkaziladi.
20. Mikrokredit tashkilotining auditorlik tekshiruvi Markaziy bank tashabbusi bilan, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazishi mumkin.
21. Belgilangan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari buzilgan taqdirda Markaziy bank mikrokredit tashkilotiga uning faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni qo‘llashi mumkin.