O‘zbekiston Respublikasi | ||
A R I Z A | ||
F.I.O.___________________________________________________________________________________________ Arizachining fuqaroligi ___________________________________________________________________________ | ||
Legallashtirilishi lozim bo‘lgan hujjat nomi. | Hujjat kimga berilgan | TIV ro‘yxatga olish raqami |
Hujjatning xususiyati — fuqarolik holati haqida, ta’lim haqida, tijorat xususiyatiga ega, moliyaviy va boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun, mol-mulkni boshqarish uchun (keraklisi chizilsin). | ||
Hujjat nusxalarining soni_________________________________________________________________________ |
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yo‘riqnomasi, 12.03.1997 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 313
Кучга кириш санаси
12.03.1997
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.01.2024
|
Hujjat 12.03.1997 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
LexUZ sharhi
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2023-yil 12-dekabrdagi 37-sonli “Konsullik legallashtirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 313-3, 03.01.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. Konsullik legallashtirish hujjatlar va aktlardagi imzolarning haqiqiyligini va ularni qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashdan iborat.
Konsullik legallashtirish hujjatlar va aktlarning xalqaro muomalada vakolatli ekanligini tasdiqlaydi.
b) O‘zbekiston Respublikasida — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustavining XI bobiga muvofiq hujjatlar va aktlarni legallashtirish funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi konsullariga yuklatiladi.
Konsulning topshirig‘iga binoan Konsullik legallashtirish boshqa mansabdor shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Konsul konsullik okrugidagi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan yoki ular tomonidan berilgan hujjatlar va aktlarni legallashtirish uchun qabul qiladi.
4. Agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi va hujjat hamda aktlarni chiqargan tashkilot va muassasalar davlati a’zosi bo‘lgan xalqaro shartnomada boshqacha holat nazarda tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi tashkilot va muassasalari xorijiy davlat tashkilot va muassasalari tomonidan chiqayotgan hujjatlar va aktlarni ular konsullik legallashtirilganidan keyingina ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Xorijda har qanday harakatni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi tashkilot va muassasalari tomonidan bunday harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnomalarni hamda ushbu tashkilot va muassasalar faoliyati bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni legallashtirish O‘zbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan yoki o‘z mazmuniga ko‘ra davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki chet elda foydalanishga mo‘ljallangan hujjatlarni rasmiylashtirishni tartibga soluvchi yo‘riqnomalarga rioya etmagan holda noto‘g‘ri to‘ldirilgan yoki fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi ma’lumotlar ifodalangan hujjatlar va aktlar legallashtirilmaydi.
Shuningdek, quyidagi hujjatlarning asli va nusxalari legallashtirilmaydi: pasport, partiyaga mansublik haqidagi hujjatlar, kasaba uyushmasi biletlari, mehnat daftarchalari, harbiy biletlar, milliy namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning asli, haydovchilik guvohnomalari, toifa yoki diniy e’tiqodga mansublik haqidagi hamda fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk hujjatlari.
1. Hujjatlar va aktlarni legallashtirish uchun konsulda konsullik okrugidagi joylashgan davlat tashkilot va muassasalari tomonidan berilgan hujjatlar va aktlarni tasdiqlash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning imzo va muhrlari namunalari mavjud bo‘lishi lozim.
2. Legallashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlar va aktlar muassasa joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq ekanligiga shubha paydo bo‘lgan taqdirda, konsul konsullik okrugidagi hokimiyat organlariga rasmiy tushuntirish berishni so‘rab murojaat qiladi.
3. Konsulga O‘zbekiston Respublikasidan hujjatlar talab qilish tartibi doirasida O‘zbekiston Respublikasida tuzilgan, biroq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan legallashtirilmagan hujjatlar va aktlar kelib tushgan taqdirda, muassasa joylashgan davlat qonunlariga muvofiq bunday hujjatlar va aktlar legallashtirilishi talab etilsa, konsul ularni legallashtiradi va manfaatdor shaxslar, tashkilot hamda muassasalarga yuboradi.
4. O‘zbekiston Respublikasida tuzilgan, biroq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan legallashtirilmagan hujjatlar va aktlar legallashtirish uchun alohida shaxslar, tashkilotlar va muassasalardan kelib tushgan taqdirda konsul ularning haqiqiyligini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborishi lozim. Ijobiy javob olingan taqdirda konsul bunday hujjatlar va aktlarni umumiy tartibda legallashtiradi.
5. Zarur hollarda konsul uchinchi davlat hududida foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlar va aktlarni legallashtirishi mumkin. Bunday hujjat yoki akt uchinchi davlat hududida haqiqiy hisoblanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi konsulxonasi joylashgan davlatdagi uchinchi davlat konsulxonasi tomonidan ham legallashtirilishi lozim.
6. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, tashkilotlari va muassasalari uchun, ular joylashgan davlatda talab qilinayotgan hujjatlar va aktlarni konsul mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibga muvofiq legallashtiradi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustavining 22-moddasiga muvofiq, konsullik mansabdor shaxslarining hamda konsullik muassasalari xodimlarining hujjatlar va aktlarni legallashtirish masalalari bo‘yicha xatti-harakatlari ustidan qilingan shikoyatlar bo‘ysunish tartibida ko‘rib chiqiladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi xorijiy davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan chiqayotgan hamda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida akkreditatsiya qilingan xorijiy diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalari tomonidan legallashtirilgan hujjatlar va aktlarni, ushbu diplomatik vakolatxonalar mas’ul xodimlarining imzolari va muhrlarining namunalari mavjud bo‘lgan taqdirda legallashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xorijiy davlat tashkiloti yoki muassasasi tomonidan berilgan hujjat yoki aktni mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda legallashtirishning imkoni bo‘lmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi hujjat yoki aktda O‘zbekiston Respublikasining rasmiy muassasalari mazkur hujjatni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishlariga hech qanday qarshilik yo‘qligi haqida maxsus belgi qo‘yishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday holatda ishning to‘liq holatidan kelib chiqqan holda ushbu hujjatlarning yuridik kuchini tan olish to‘liq ravishda hujjatlarni qabul qilib olayotgan organlarning zimmasida bo‘ladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalarda hujjatlar va aktlarni legallashtirish vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxslarning imzo va muhr namunalari mavjud bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlat konsullik muassasasi uchun belgilangan konsullik okrugi hududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarida muassasa joylashgan hududda akkreditatsiya qilingan boshqa davlatlar konsullik muassasalari hamda qabul qiluvchi davlat Tashqi ishlar vazirligining hujjatlar va aktlarni legallashtirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarining imzo va muhr namunalari mavjud bo‘lishi lozim.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi tashkilot va muassasalari tomonidan xorijiy davlatlarga taqdim etish uchun mo‘ljallangan hujjatlarni ham legallashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida legallashtirilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni tasdiqlash vakolatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimlarining imzo va muhr namunalari mavjud bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi notarius imzosini tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimining imzosini tasdiqlaydi. Imzolarni tasdiqlash mazkur tartibi FHDYning respublika hududida amal qilishga belgilangan hujjatlari nusxalarini, hamda boshqa hujjatlar nusxalarini xorijiy davlatga taqdim etish uchun tasdiqlash maqsadida joriy qilingan.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Legallashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlar aniq va ravshan yozilgan, hujjat yoki aktda qayd etilgan summa va sana, raqam va muddat yozuv bilan ifodalangan bo‘lishi zarur. Mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhrlari yozuvi aniq bo‘lishi kerak.
Hujjatdagi va aktdagi bo‘sh joylar chizib chiqilishi kerak. Tuzatish va qo‘shimchalarni hujjatni tasdiqlagan shaxsning imzosi oldidan ko‘rsatish va legallashtirish yozuvida takrorlash zarur. Ushbu qo‘shimcha va tuzatishlar shunday kiritilishi kerakki, barcha xato yozilgan, keyin tuzatilgan va o‘chirilganlarni dastlabki ko‘rinishida o‘qish mumkin bo‘lishi lozim. Agar tuzatish va qo‘shimchalar legallashtirish yozuviga qilingan bo‘lsa, ular faqatgina legallashtirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxs tomonidan izohlanadi hamda imzolanadi.
2. Legallashtirish yozuvlari uchun joy bo‘lmagan taqdirda yozuv alohida qog‘ozda qilinadi va hujjat yoki aktga tikib qo‘yiladi hamda legallashtirishni amalga oshirayotgan shaxsning imzosi va muhri bilan unga biriktiriladi.
3. Mansabdor shaxs hujjat yoki akt mazkur Yo‘riqnoma talablariga muvofiq legallashtirilishi mumkinligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng unga belgilangan shaklda yozuv kiritadi.
4. Konsullik muassasalari tasdiqlangan shaklga muvofiq hujjatlar va aktlarni legallashtirish reyestrlarini hamda legallashtirilgan hujjatlarni hisobga olish jurnalini yuritadilar. Fuqarolar va tashkilotlarning arizalari konsullik muassasasida saqlanadi va xronologik ketma-ketlikda tikib boriladi. Legallashtirilishi lozim bo‘lgan har bir hujjatga legallashtirish tartib raqami berilib, sanasi ko‘rsatiladi, ushbu raqam va sana ariza raqami va sanasi bilan mos bo‘lishi lozim. Konsullik muassasasi tasdiqlangan EHM dasturiga muvofiq legallashtirilgan hujjatlarning elektron hisobini ham yuritadi.
5. Hujjat va aktlarni legallashtirish bo‘yicha harakatni amalga oshirganlik uchun manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslardan Konsullik yig‘imlari tarifida belgilangan konsullik yig‘imi undiriladi.