Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sudgacha sanatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 10-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruviqaror qiladilar:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida” PF-3675-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq sanatsiya qilinayotgan korxonaning bank hisobvarag‘ini qo‘llash va uning ishlash mexanizmini belgilaydi.
3. Sanatsiya qilinayotgan korxonaning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bankka mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng sanatsiya qilinayotgan korxonaning talab qilib olinguncha asosiy hisobvarag‘iga maxsus sanatsiya hisobvarag‘i maqomi beriladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”