O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni belgilansin va oliy nishon — “Oltin Yulduz” medali ta’sis etilsin.
1. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni oliy darajadagi mukofot bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun beriladi.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.
2. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Unvon berish to‘g‘risidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
3. “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxsga “Oltin Yulduz” medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjat topshiriladi.
5. “Oltin Yulduz” medalini tantanali va keng oshkoralik vaziyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqiga yoki pensiyaga qo‘shimcha ravishda eng kam oylik ish haqi miqdorida oy sayin to‘lanadigan ustama mukofot oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat passajir transportining barcha turlarida (taksidan va boshqa transport turlarining buyurtma reyslaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga egadirlar.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa imtiyozlardan ham foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni vafotidan keyin berilgan taqdirda “Oltin Yulduz” medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi hujjat mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
“Oltin Yulduz” medali 585 darajali (probali) oltin qotishmasidan tayyorlanadi va old tomonida har bir qirrasining ikki yonbag‘ridan oltin nurlar taralgan sakkiz qirrali yulduz shaklida bo‘ladi. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlarining orasi 32 millimetr. Medal markazidagi diametri 8 millimetrli sathga jo bo‘lgan doira ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramziga monand yarim oy va besh qirrali yulduz joylashgan. Yarim oy jo bo‘lgan sath aylanasining diametri 6 millimetr, besh qirrali yulduz jo bo‘lgan sath aylanasining diametri esa 3 millimetrdir.
Medalning orqa tomoni markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Gerbning pastidagi nurga medalning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
Medal yonlari o‘yiq to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida ishlangan, o‘lchami 16x25 millimetrli kumush qadag‘ich (kolodka)ga kumushdan ishlangan ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi. Qadag‘ichning qismlari va halqa 0,25 mikron qalinlikdagi tilla bilan qoplangan.
Qadag‘ichning ichki qismi respublika Davlat bayrog‘ining rangidagi yo‘l-yo‘l zardo‘zi mato (lenta) bilan qoplangan. Matoning kattaligi 11x20 millimetr.