LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 4-avgustdagi O‘RQ-787-sonli “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ushbu Qonunning maqsadi soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Soliq maslahati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining soliq maslahati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq maslahati soliq maslahatchilari tashkilotining yuridik va jismoniy shaxslarga (bundan buyon matnda mijozga (ishonch bildiruvchiga) deb yuritiladi) shartnoma asosida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish borasidagi faoliyatidir.
o‘z vakolatlarini amalga oshirish doirasida davlat soliq xizmati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat organlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni tushuntirish;
(3-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
auditorlik tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning soliq solish bo‘yicha konsalting hamda boshqa xizmatlari.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 4-yanvardagi O‘RQ-316-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 2-modda)
mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash masalalari bo‘yicha maslahat berishni;
(5-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 4-yanvardagi O‘RQ-316-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 2-modda)
(5-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 4-yanvardagi O‘RQ-316-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 2-modda)
soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni aniqlashni hamda ularning hisobini yuritishni;
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 4-yanvardagi O‘RQ-316-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 2-modda)
sudda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda soliq solish masalalari bo‘yicha mijoz (ishonch bildiruvchi) nomidan va uning topshirig‘iga binoan vakillik qilishni o‘z ichiga oladi.
Soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisining mavjudligi soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzishning majburiy shartidir.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 4-yanvardagi O‘RQ-316-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 2-modda)
Soliq maslahatiga doir faoliyat soliq maslahatchilari tashkiloti va mijoz (ishonch bildiruvchi) o‘rtasida tuzilgan soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq maslahatchilari tashkiloti mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan uning yashash joyi va joylashgan eridan (pochta manzilidan) qat’i nazar, soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzishga haqli.
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning muhim shartlari quyidagilardan iborat:
soliq maslahati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lanadigan haqning miqdori, shartlari va muddatlari;
soliq maslahatchilari tashkilotining hamda mijozning (ishonch bildiruvchining) huquq va majburiyatlari;
soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi.
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
(61-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq maslahati sohasidagi vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-sonli “Soliq maslahati sohasining rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi soliq maslahati sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni shu jumladan milliy standartlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(7-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 4-yanvardagi O‘RQ-316-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 2-modda)
soliq maslahatchisi malaka sertifikatini (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi;
(7-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vakolatli davlat organi huzurida o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi soliq maslahati bo‘yicha kengash tuziladi. Soliq maslahati bo‘yicha kengash tarkibiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, soliq maslahati sohasidagi mutaxassislar kirishi mumkin.
Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotidir.
Soliq maslahatchilari tashkiloti aksiyadorlik jamiyatidan tashqari, istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Soliq maslahatchilari tashkiloti ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar bilan bir qatorda:
buxgalteriya hisobi, menejment va moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha konsalting xizmatlari ham ko‘rsatishi mumkin.
Soliq maslahatchilari tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq maslahatchilari tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularning davlat reyestrini yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
mijozdan (ishonch bildiruvchidan) soliq maslahatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni va boshqa ma’lumotlarni olish;
soliq maslahati berish jarayonida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha mijozdan (ishonch bildiruvchidan) og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar olish;
soliq maslahatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot, ma’lumotnomalar, hujjatlar va boshqa materiallarni qonunchilikda belgilangan tartibda muassasalar hamda tashkilotlardan so‘rab olish;
(11-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
soliq solish masalalari bo‘yicha davlat organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish (iltimos qilish, takliflar kiritish, so‘rovlar, arizalar, shikoyatlar berish va boshqa shu kabilar) hamda ulardan javoblar olish;
(11-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
soliq maslahatida ishtirok etishga boshqa mutaxassislarni mijozning (ishonch bildiruvchining) roziligi bilan shartnoma asosida jalb qilish;
(11-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 4-yanvardagi O‘RQ-316-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 2-modda)
mijoz (ishonch bildiruvchi) soliq maslahatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmagan taqdirda, soliq maslahati berishni rad qilish.
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining vakili sifatida davlat soliq xizmati organlarida, shuningdek soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda qonunchilikda belgilangan tartibda ish olib borish;
(11-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 4-yanvardagi O‘RQ-316-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 2-modda)
Soliq maslahatchilari tashkiloti qonunchilikka va soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
mijozning (ishonch bildiruvchining) huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunchilikda nazarda tutilgan usullari hamda vositalaridan foydalanishi;
(12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzilayotganda mijozning (ishonch bildiruvchining) talabiga binoan malaka sertifikatini ko‘rsatishi;
mijozga (ishonch bildiruvchiga) uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilganligi haqida dalolat beruvchi faktlar, shuningdek qonunchilikning buzilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda mijozga (ishonch bildiruvchiga) ma’lum qilishi;
(12-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi soliq maslahatchilari to‘g‘risida va soliq maslahatchilarining malaka oshirishdan o‘tishi haqida axborot taqdim etishi;
soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilish qoidalarini belgilashi va unga amal qilishi shart. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga doir talablar milliy standartlar bilan belgilanadi.
(12-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Soliq maslahatchilari tashkilotining zimmasida qonunchilikka va soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi soliq maslahatchilari tashkiloti mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati bo‘yicha hisobotni va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini milliy standartlarda belgilangan tartibda taqdim etadi.
Soliq maslahati bo‘yicha hisobot soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan soliq maslahati predmeti haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi.
Soliq maslahati bo‘yicha hisobotning har bir sahifasi soliq maslahatini amalga oshirgan soliq maslahatchisi tomonidan imzolanadi, hisobot soliq maslahatchilari tashkiloti rahbarining imzosi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi — soliq maslahatchilari tashkilotining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash, soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni aniqlash va hisobini yuritish to‘g‘risidagi fikrini o‘z ichiga oluvchi yozma shaklda ifodalangan hujjatdir.
Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari), soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanishi kerak.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Soliq maslahatchisi, agar u soliq maslahatchilari tashkilotining shtatida turgan bo‘lsa yoki soliq maslahatchilari tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, soliq maslahatiga jalb etilishi mumkin.
Soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy shaxsga beriladigan malaka sertifikati bilan tasdiqlanadi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1750, 17.12.2007-y.).
Malaka sertifikati cheklanmagan muddatga beriladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida haqiqiydir.
oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan keyin kamida besh yillik, shu jumladan iqtisodiy yoki yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs talabgor bo‘lishi mumkin.
(16-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 4-yanvardagi O‘RQ-316-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 2-modda)
Soliq maslahatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kursini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan davlat va nodavlat ta’lim muassasalari vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida amalga oshiradi.
Malaka talablariga javob beradigan shaxs malaka imtihoni topshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi ariza bilan vakolatli davlat organiga murojaat qilish huquqiga ega.
Malaka imtihonini tashkil etish va o‘tkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
soliq maslahatchisi tomonidan soliq maslahati berish davomida olingan ma’lumotlar mijozning (ishonch bildiruvchining) yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;
soliq maslahatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki marta qonunchilikni buzish sodir etilganligi;
(17-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
soliq maslahati bo‘yicha faoliyatda uch yil mobaynida ishtirok etmaganligi, shuningdek malaka oshirishni belgilangan tartibda o‘tamaganligi;
malaka sertifikatini soliq maslahatida ishtirok etish uchun foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;
muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.
Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida vakolatli davlat organiga malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
Vakolatli davlat organining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(17-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
vakolatli davlat organining malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganligi;
Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha malaka sertifikati bekor qilingan shaxs malaka sertifikati bekor qilinganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida vakolatli davlat organiga malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
Vakolatli davlat organining malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va soliq maslahatchisining soliq maslahati bilan bog‘liq topshiriqlarini soliq maslahati bo‘yicha hisobotga imzo qo‘yish huquqisiz bajaruvchi jismoniy shaxs soliq maslahatchisining yordamchisi bo‘lishi mumkin.
Soliq maslahatchisi yordamchisining mehnat sharoitlari qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda soliq maslahatchilari tashkiloti bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilanadi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Soliq maslahatchisining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt malaka sertifikati olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
Uchinchi shaxslarning soliq maslahatchilari tashkilotlarining faoliyatiga aralashishi, ulardan professional xizmatlar ko‘rsatish vaqtida olingan biron-bir ma’lumotni talab qilishi, shuningdek bunday ma’lumotlarni soliq maslahatchilaridan, soliq maslahatchilarining yordamchilaridan va soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan boshqa shaxslardan talab qilishi taqiqlanadi.
Soliq maslahatini amalga oshirayotgan shaxslardan ular soliq maslahati bo‘yicha vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq holda tayyorlagan hujjatlarning olib qo‘yilishi yoki ko‘zdan kechirilishi mumkin emas.
Soliq maslahatchisi va uning yordamchisi professional vazifalarini bajarishlari munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin emas.
Soliq maslahatchilari va ularning yordamchilari sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan ekspertlar hamda mutaxassislar sifatida, shuningdek tekshiruvlarni amalga oshirishga jalb etilishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida xizmat qiluvchi shaxslar soliq maslahatiga jalb etilishi mumkin emas.
Soliq maslahatchilari tashkiloti davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar soliq maslahatchilari tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin emas.
(20-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi 103-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida”gi qarori.
Soliq maslahatchilari va (yoki) soliq maslahatchilarining tashkilotlari umumiy manfaatlarni ifoda etish va himoya qilish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda soliq maslahatchilari birlashmasini tashkil etish huquqiga ega.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni va “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida” (yangi tahriri)gi Qonuniga qarang.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida mijozga (ishonch bildiruvchiga) zarar yetkazganligi uchun javobgar bo‘ladi. Mijozga (ishonch bildiruvchiga) yetkazilgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Soliq maslahatchisi ishni sifatsiz bajarganligi, tijorat sirini oshkor etganligi natijasida yetkazilgan ziyon va soliq maslahatchilari tashkiloti zarar ko‘rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun qonunchilikka muvofiq soliq maslahatchilari tashkiloti oldida javobgar bo‘ladi.
(23-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Soliq maslahati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(25-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
LexUZ sharhi