(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ilmiy-texnik va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini, tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini, EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining hisob raqamlariga tushadigan patent bojlari va to‘lovlari mablag‘lari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushadigan mablag‘larning:
90 foizi — Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisob raqamiga;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
8 foizi — Agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish (mablag‘larning kamida 50 foizi) sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashishda, shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari hisob raqamiga;
b) O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushadigan mablag‘larning:
80 foizi — Agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish (mablag‘larning kamida 50 foizi) sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashishda, shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi bir oy muddatda o‘zining normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
patent bojlarini (keyingi o‘rinlarda boj deb yuritiladi) to‘lash tartibini, shuningdek ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joylar nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun to‘lovlardan ozod qilish yoki ularni qaytarish asoslarini;
to‘lovlarni undirish tartibini, shuningdek EHM yoki ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlardan foydalanishga mulkiy huquqni berganlik uchun shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun to‘lovlardan ozod qilish yoki ularni qaytarish asoslarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
2. Boj yoki to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) hisob raqamlariga tegishli summalarni o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi hamda to‘lov hujjati bilan tasdiqlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
3. Boj yoki to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatda talabnoma yoki patent, guvohnomaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, boj yoki to‘lov to‘langan xatti-harakat nomi hamda soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR) bo‘lishi lozim. Agar talabnomaga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami berilmagan bo‘lsa, ko‘rsatib o‘tilgan hujjatda boj yoki to‘lov to‘langan xatti-harakatning nomi bilan birgalikda ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari, shuningdek, birinchi muallifning familiyasi yoki talabnoma beruvchining nomi bo‘lishi kerak. Agentlik ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1020-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1020/0464-son)
4. To‘langan boj yoki to‘lovning miqdori belgilangan boj yoki to‘lov miqdoriga muvofiqligi boj yoki to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanada aniqlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
5. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlar huquqiy muhofaza qilinishi bilan bog‘liq bojning yoki to‘lovning to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xatti-harakat sodir etilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
6. Agar davlat ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun talabnomaga doir boj yoki ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlari guruhlariga talabnoma berilganligi va ekspertiza o‘tkazilganligi uchun bojning belgilangan miqdoridan kam miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza ariza beruvchi tomonidan tanlangan yoxud bunday tanlov mavjud bo‘lmaganda, ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasi tavsifida formulada birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan va ular uchun boj to‘langan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlariga nisbatan o‘tkaziladi.
Agar talabnoma boj talabnoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi davlat ekspertizasidan o‘tkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining ariza beruvchi tomonidan tanlangan va ular uchun boj to‘langan klasslariga nisbatan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘tkaziladi.
(6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1020-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1020/0464-son)
Ariza beruvchi Agentlik tomonidan yetishmayotgan boj qo‘shimcha ravishda to‘lanishi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida zarur summani to‘lash huquqiga ega.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
7. Ekspertiza qarori jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida muhofaza hujjati ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, e’lon qilinganligi va berilganligi uchun belgilangan miqdorda boj yoki to‘lovlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda ushbu tartibotlar amalga oshirilmaydi. Boj yoki to‘lovlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatib o‘tilgan uch oy muddat tamom bo‘lgan kundan boshlab uch oy mobaynida taqdim etilishi mumkin. Ushbu holatda boj yoki to‘lovlar miqdori 50% ga ko‘payadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1020-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1020/0464-son)
9. To‘langan boshqa bojlar yoki to‘lovlar ariza beruvchining — bojni yoki to‘lovlarni to‘lagan shaxsning iltimosiga ko‘ra bojlar yoki to‘lovlar belgilangan miqdordan ortiq miqdorda to‘langan yoki uning uchun boj yoki to‘lovlar to‘langan xatti-harakat sodir etilmagan taqdirda qaytarilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
10. Bojning yoki to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summasi iltimos qiluvchi shaxsning iltimosiga ko‘ra iltimos berilgan sanada ularni to‘lash mumkin bo‘lgan boshqa bojlar yoki to‘lovlar to‘lanishi hisobiga o‘tkazilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
11. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar patent bojlarini yoki to‘lovlarini milliy valyutada to‘laydilar. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bojni yoki to‘lovni, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyuta “so‘m”da to‘laydilar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
12. Bojlarni yoki to‘lovlarni qaytarishga doir bank xizmatlari uchun boj yoki to‘lovlar to‘lagan shaxs hisobidan haq to‘lanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
13. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarning yagona mualliflari bo‘lgan hamda o‘z nomiga muhofaza hujjati so‘rayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek I guruh nogironlari Patent bojlari stavkalarining 1.1 — 1.4, 2.1 — 2.4, 3.1 — 3.2, 5.1 — 5.2, 7.1 — 7.2-bandlarida nazarda tutilgan bojlarni yoki to‘lovlarni to‘lashdan tegishli ravishda ozod qilinadilar.
Ushbu bandda nazarda tutilgan bojni yoki to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilish ariza beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra beriladi va quyidagi hujjatlarning nusxalari bunga asos hisoblanadi:
Litsenziya shartnomasi, muhofaza hujjatini boshqa shaxsga berish to‘g‘risida shartnoma tuzishda boj yoki to‘lovlar miqdorini kamaytirish nazarda tutilmaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
1. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari to‘g‘risidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2002-yil 14-oktabrdagi 357-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 59-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomni hamda Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda) 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova.