LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq va O‘zbekiston SSR Prezidentining O‘zbekiston SSR Ichki ishlar vazirligini jumhuriyat huquqiy tasarrufiga o‘tkazish haqida 1991-yil 25-avgustdagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston SSR ittifoq — respublika Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga aylantirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi Nizom va uning markaziy apparati strukturasi amaldagi xodimlar soni va 1991-yil uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida respublika ichki ishlar organlarining strukturasini qayta tuzish, 1992-yilda moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 25-oktabrdagi
270-son qaroriga
1-ILOVA
Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 25-oktabrdagi
270-son qaroriga
1-ILOVA
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi* Respublika Konstitutsiyasi va Respublika suvereniteti haqidagi Deklaratsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik o‘z huquqi doirasida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini muhofaza qilishni va jinoyatchilikka qarshi kurashni ta’minlaydi.
3. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tuziladi va tugatiladi, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Kengashi va Vazirlar Mahkamasi oldida o‘z zimmasidagi vazifalarning hal etilishi uchun javob beradi.
ichki ishlar organlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uni muvofiqlashtirish, ularga tashkiliy-metodik yordam berish va ular faoliyatining samaradorligini ta’minlash;
ichki ishlar organlari, ichki ishlar vazirligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tizimining faoliyatida qonuniylikni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
jamoat xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash ishlarini tashkil etish;
fan va texnika yutuqlarini, ijobiy tajribani, boshqaruvning progressiv shakllari va ish usullarini joriy etish;
5. Vazirlik rahbarlikni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari ijroiya qo‘mitalari ichki ishlar boshqarmalari, O‘rta Osiyo transport ichki ishlar boshqarmasi bilan bevosita amalga oshiradi, ular bilan o‘zaro hamkorlikda respublika ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga oid ishlarni olib boradi.
— davlat organlari, jamoatchilik birlashmalari, mehnat jamoalari va aholi bilan birgalikda ish olib borish, jamoatchilik fikrini hisobga olish;
— ichki ishlar organlari xodimlarining milliy mansublik, til, o‘troqlik belgilari bo‘yicha huquqlarini cheklashga yo‘l qo‘ymaslik.
7. Vazirlik SSR Ittifoqi va respublikalarning, chet davlatlarning ichki ishlar organlari, davlat va jamoatchilik institutlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar asosida professional aloqalar bog‘laydi.
— Davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy va respublika organlari bilan ichki ishlar organlarining faoliyati sohasidagi o‘zaro hamkorlik haqidagi bitimlar;
Vazirlik xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida xizmat vazifalarini bajarayotganda o‘z huquqi doirasida harakat qiladilar va tegishli ittifoqdosh respublika qonunchiligiga muvofiq javobgardirlar.
9. Vazirlik o‘z huquqi doirasida ko‘rsatilgan huquqiy aktlar asosida va ularni bajarish uchun buyruqlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar chiqaradi va qoidalar o‘rnatadi.
Vazirlikning o‘z qaramog‘iga kiritilgan masalalar bo‘yicha normativ aktlari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ichki ishlar organlari va ichki qo‘shinlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ aktlar chiqaradi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va SSSR Ichki ishlar vazirligining o‘zaro munosabatlari respublika Hukumati va SSSR Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida tuzilgan bitimlar asosida o‘rnatiladi.
11. Kundalik aloqalarni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi SSSR Ichki ishlar vazirligining vakolatxonasi, shuningdek, SSSR Ichki ishlar vazirligi huzurida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vakolatxonasi tuzilishi mumkin.
Vakolatxonalarni tuzish va uning faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda SSSR Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
12. SSSR Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal etiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat organlarini, jamoat birlashmalarini, mehnat jamoalarini, aholini va ommaviy axborot vositalarini respublikadagi huquq-tartibotning ahvolidan hamda ichki ishlar organlarining uni mustahkamlashga, shuningdek, vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga oid faoliyatidan xabardor qilib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat organlaridan, jamoat tashkilotlaridan, mansabdor shaxslar va fuqarolardan vazirlik vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni talab qilib olishga haqlidir.
Vazirlik o‘z faoliyatini boshqa respublika huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish asosida amalga oshiradi.
ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish, kadrlar bilan ishlash va qonuniylikni mustahkamlash borasidagi ishlariga umumiy rahbarlik qiladi va bu ishlarni muvofiqlashtiradi, metodik jihatdan ta’minlaydi;
jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash respublika dasturini tayyorlaydi va amalga oshiradi, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha umumittifoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquq-tartibot masalalari yuzasidan respublika qonunchiligini ishlab chiqishda takliflar kiritadi va qatnashadi;
jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha respublika tadbirlarini o‘tkazishni kuchlar va vositalar bilan boshqaradi;
ichki ishlar organlarida rejalashtirish, nazorat qilish va axborot-analitik faoliyatning yagona tizimini belgilaydi, tashkil etadi va ta’minlaydi;
respublika ma’lumotnoma-axborot fondlarini, operativ-qidiruv va kadrlarni hisobga olishni shakllantiradi, respublika kriminalistik hisobot-axborot tizimini tuzadi, ichki ishlar organlari faoliyati masalalari yuzasidan davlat statistika hisobotini olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan transport ichki ishlar organlariga, ichki ishlar organlari o‘quv yurtlariga rahbarlikni amalga oshiradi;
jinoyatlar hamda jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlarning o‘z vaqtida oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, vazirlik, idoralar, muassasalar va tashkilotlarga jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi va boshqa huquq-tartibotni buzish hollarining sabablarini hamda ana shu xatti-harakatlarni sodir qilishga sabab bo‘luvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
fuqarolar, davlat, jamoat, kollektiv, qo‘shma, kooperativ hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning iqtisodiy manfaatlarini g‘arazli jinoiy xurujlardan himoya qilishni hamda ular tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini, jinoiy jazo beriladigan chayqovchilikka, poraxo‘rlikka, soxta pul yasashga va valyuta operatsiyalari qoidalarining buzilishiga qarshi kurashni ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘ziga qarashli opganlarga, o‘z huquqlari doirasida, ular qaysi idopaga bo‘ysunishlari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, savdo va xizmat ko‘psatish kopxonalari faoliyatlari ustidan tekshirishlar o‘tkazish uchun aniq vazifalarni belgilaydi; faqat vazirlikning puxsati bilan amalga oshiriladigan ko‘psatilgan tekshirishlarning o‘tkazilishini nazopat qiladi;
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
qonunchilik tomonidan ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan jinoyatlar haqidagi dastlabki so‘roq va tergovni ta’minlaydi;
tergov va suddan yashirinib yurgan ayblanuvchi, hukmni ijro etish va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan jazoga tortilgan shaxslarni, bedarak yo‘qolgan va qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarni qidirish ishlarini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida SSSR Ichki ishlar vazirligi va respublika ichki ishlar organlari tashabbusi bilan butunittifoq bo‘yicha qidiruv e’lon qilingan jinoyatchilarni va boshqa shaxslarni qidirishda ishtirok etadi;
SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy va maxsus temir yo‘l yuk tashishlarini, hukm qilinganlarni havo, temir yo‘l tarmoqlari orqali tashishda soqchilik qilishni va etapdan etapga yetkazishni tashkil etishni amalga oshiradi.
boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bolalarning nazoratsiz qolishining oldini olish hamda balog‘atga yetmaganlar tomonidan huquq buzishlarga qarshi kurash ishlarini olib boradi;
sudlarning ajrimlari, prokurorlarning qarorlari va tergovchilar va dastlabki tergovni olib borgan shaxslarning prokuror tomonidan qamoqqa olish xulosasi to‘g‘risida sanksiya berilgan qarorlarining, shuningdek, qonunchilik tomonidan ichki ishlar organlari zimmasiga ijro etish yuklatilgan majbur etishning boshqa choralarini qo‘llanishi haqidagi boshqa qarorlarning ijrosini ta’minlaydi;
ozodlikdan mahrum etishga, surgun, badarg‘a qilishga hamda qonunchilik tomonidan ichki ishlar organlarining zimmasiga ijro etish yuklatilgan jazoning boshqa turlari bo‘yicha hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud hukmlarining ijro etilishini tashkil etishni ta’minlaydi;
jazoga hukm etilganlar axloqini tuzatish va ularni qayta tarbiyalash ishlarini belgilangan tartibda tashkil etadi, qonun tomonidan belgilangan jazoni o‘tash rejimiga qat’iy rioya qilinishini, jazoga hukm etilganlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish, ular bilan siyosiy-tarbiyaviy ishlar olib borishni tashkil etadi, manfaatdor vazirliklar va muassasalar bilan birgalikda jazoga hukm etilganlarga umumiy ta’lim va hunar-texnika ta’limi berishni tashkil etadi va amalga oshiradi, sodir etilgan jinoyatning xarakteri va ijtimoiy xavfliligini, jazoga hukm etilganning shaxsiyati, shuningdek, uning xulq-atvori va mehnatga munosabatini hisobga olgan holda jazoga hukm etilganlar axloqini tuzatish va ularni qayta tarbiyalash vositalarini tanlashda yakka tartibda ish olib borishni ta’minlaydi, bunda pedagogika, psixologiya va boshqa fanlar sohasida erishilgan yutuqlardan keng foydalanadi;
ozodlikdan mahrum etilgan joylardan bo‘shatilgan shaxslarning ishga joylashishiga va turmushda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashadi;
ozodlikdan mahrum etilgan joylardan bo‘shatilgan shaxslarni qonunchilikka muvofiq ma’muriy nazorat qilib turadi, shuningdek, qonun tomonidan belgilangan hollarda shartli ravishda jazoga hukm etilgan va shartli ravishda jazoni o‘tashdan ozod etilgan shaxslarni nazorat qilib boradi;
respublika hududida pasport tizimi talablarining bajarilishini ta’minlaydi, chegara qo‘shinlari bilan birgalikda fuqarolarning chegara rejimi qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda chet elga chiqish va SSSRga kelish uchun ruxsatnoma beradi, chet ellik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududida ular uchun belgilangan yashash va ko‘chish qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib boradi;
qonunchilikka muvofiq o‘t ochish va sovuq qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar, kuchli ta’sir etuvchi zaharli, narkotik va radioaktiv moddalarni sotib olish, saqlash va tashishni, o‘q otish tirlari va otishma joylarini, qurol-yarog‘larni tuzatish va pirotexnika korxonalari, ov va sport qurollari bilan savdo qiluvchi magazinlarni ochishni va ularning ishlashini nazorat qilib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda poligrafiya hamda shtempel-gravyura korxonalarini ochish va ularning ishini, shuningdek, poligrafiya asbob-uskunalarini sotib olish, saqlash hamda muhr va shtamplarni tayyorlashni nazorat qilib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
respublikada davlat yong‘in nazoratini amalga oshiradi, aholi yashaydigan joylar va xalq xo‘jaligi obyektlarini yong‘indan saqlashni ta’minlaydi, boshqa vazirliklar va idoralarning yong‘indan saqlash bo‘linmalari ishini nazorat qiladi va boshqaradi, respublika yong‘indan saqlash tashkilotlarining birgalikda ish olib borish tartibini belgilaydi;
tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda holatlar ro‘y berganda odamlarni va mol-mulkni qutqarishda qatnashadi, bunda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlaydi, mol-mulkni muhofaza qilishni tashkil etadi, bunday ishlarga aholini, shuningdek, transport hamda korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga tegishli vositalarni qutqaruv ishlarini va kechiktirib bo‘lmaydigan avariya — qayta tiklash ishlarini o‘tkazishga jalb qilishga ko‘maklashadi;
huquqbuzarlikdan va baxtsiz hodisalardan zarar ko‘rgan hamda jamoat joylarida og‘ir ahvolda qolgan shaxslarga shoshilinch yordam ko‘rsatishni tashkil etadi;
shaharlarda va aholi yashaydigan boshqa joylarda yo‘l harakatini va avtomobil yo‘llarida qatnovni boshqarishni tashkil etadi, vazirliklar, idoralar va transport tashkilotlarining avtomototransport hamda shahar elektr transporti avariyalarining oldini olish chora-tadbirlarini o‘tkazishlarini nazorat qiladi;
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga tegishli avtomototransport vositalarini ro‘yxatga oladi va hisobga olib boradi, shuningdek, ana shu transport vositalarining texnika ahvolini nazorat qilib turadi;
ko‘chalar, avtomobil yo‘llari va ulardagi yo‘l inshootlarining bexatar harakat qilishni ta’minlaydigan ahvolda bo‘lishini nazorat qilib boradi, ulardan foydalanish sharoitlarini yaxshilash tadbirlarini ko‘radi, avtotransportdan foydalanish harakat xavfsizligiga tahdid solgan hollarda ko‘chalar va avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalarida avtotransport hamda piyodalar qatnovini belgilangan tartibda cheklaydi va taqiqlaydi;
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va boshqa obyektlarni, shuningdek, fuqarolarning uylarini belgilangan tartibda muhofaza qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, idoraviy qo‘riqlashni inspeksiya qiladi, qo‘riqlashning ishonchliligini va bu ishlarga xarajatlarni kamaytirish choralarini ko‘radi;
o‘ta xavfli davlat jinoyatchiligiga qarshi kurashda hamda davlat xavfsizligini saqlashga doir boshqa tadbirlarni o‘tkazishda yordam beradi;
respublika va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga Vazirlik tizimi organlari, bo‘linmalari, muassasalari va tashkilotlarini belgilangan tartibda mablag‘ bilan ta’minlaydi;
ichki ishlar organlari shaxsiy sostavining kasb malakasini oshirish va intizomini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi, shaxsiy sostav tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatini reglamentlovchi xizmatni o‘tash haqidagi nizomlar, ustavlar va yo‘riqnomalar talablarining bajarilishini ta’minlaydi;
belgilangan tartibda va o‘z huquqlari doirasida ichki ishlar organlari shaxsiy sostaviga maxsus unvonlar beradi;
ichki ishlar organlariga ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda faol ko‘maklashgan Vazirlik tizimining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini va fuqarolarni belgilangan tartibda ko‘krakka taqiladigan nishonlar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlaydi, shuningdek, rag‘batlantirishning boshqa turlarini qo‘llaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ko‘chalar, hovlilar va aholi yashaydigan boshqa joylar hududini, shuningdek, mehnatkashlar dam oladigan shahardan tashqari joylar va cho‘miladigan joylarda sanitariya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilib boradi;
epidemiyalar va epizootiyalarga qarshi kurashda, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda, brakonyerlikka hamda ov va baliqchilik qoidalarining buzilishiga qarshi kurashda karantin tadbirlari va choralarini amalga oshirishda tegishli idoralarga yordam beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida sanitariya nazoratini tashkil etadi, ittifoqqa bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika va sanatoriya-kurort muassasalarida ichki ishlar organlari shaxsiy sostaviga tibbiy va sanatoriya-kurort xizmati ko‘rsatishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z huquqi doirasiga taalluqli masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qiladi;
o‘z huquqi doirasida harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqarolar mudofaasi tadbirlarini amalga oshiradi;
fuqarolardan tushgan takliflar va arizalarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
SSSR Ichki ishlar vazirligi va respublikalarning ichki ishlar organlari bilan millatlararo muomala tilida (rus tilida) yozma va boshqa aloqalar o‘rnatadi;
ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlarning shartlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek, harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi;
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2002-y., 9-son, 66-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Vazir boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasdig‘iga Vazirlikning markaziy apparati va uning joylardagi organlari strukturasi, xodimlari soni normativlari, ularni mablag‘, moddiy-texnika bilan ta’minlash, zarur komplekslar, binolar qurish va yangidan tuziladigan stroyevoy bo‘linmalarni joylashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
ajratilgan pul mablag‘i doirasida Vazirlik apparati va ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtat tuzilishini tasdiqlaydi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda, muassasalar, korxonalar, jamoat birlashmalarida, mehnat jamoalari, aholi bilan o‘zaro munosabatlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda Vazirlik nomidan vakillik qiladi;
Ichki ishlar vazirligi tizimining O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan o‘quv yurtlariga rahbarlik qiladi;
militsiya, ichki qo‘shinlarning soqchilik va maxsus motorlashtirilgan qismlariga nisbatan (O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan) katta operativ boshliq hisoblanadi;
axloq tuzatish mehnat muassasalarida ommaviy tartibsizliklar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun soqchi qismlarining kuchlari va vositalaridan foydalanadi, jamoat tartibini saqlash va tasarrufidagi hududda favqulodda vaziyatlarda o‘z vazifalarini bajarish uchun militsiyaning maxsus motorlashtirilgan qismlarini jalb etadi;
Vazirlikka berilgan huquqlar doirasida buyruqlar, yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar va boshqa aktlar chiqaradi, ularning bajarilishini tekshirishni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ichki ishlar organlari yuqori boshliqlar sostaviga unvonlar berish haqida taqdimnoma kiritadi;
militsiya polkovnigi, ichki ishlar polkovnigigacha bo‘lgan ichki ishlar organlari boshliqlari sostaviga kiruvchi shaxslarga dastlabki va navbatdagi maxsus unvonlarni beradi;
ichki ishlar organlarining polkovnikkacha bo‘lgan boshliqlar sostaviga kiruvchi shaxslar tomonidan egallanadigan lavozimlar ro‘yxatini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga Vazirlikning markaziy apparati va uning organlaridagi generallar tomonidan egallanadigan lavozimlar ro‘yxatini kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ichki ishlar organlari xodimlarini va ichki qo‘shinlar harbiy xizmatchilarini SSSR ordenlari va medallari bilan mukofotlash va O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish, O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash haqida takliflar kiritadi, belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining o‘zini ko‘rsatgan xodimlarini va ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ichki ishlar organlariga faol ko‘maklashgan fuqarolarni faxriy yorliqlar va rag‘batlantirishning boshqa turlari bilan mukofotlaydi;
qonunchilik tomonidan uning huquq doirasiga kiritilgan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi va o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Vazir bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bajaradi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq Vazir o‘rinbosarlari Vazirlik faoliyatining konkret yo‘nalishlariga rahbarlikni amalga oshiradilar.
Vazirning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘rinbosarlari o‘z huquq doirasida buyruqlar va ko‘rsatmalar chiqaradilar.
18. Vazifalarni kelishilgan holda hal etish va funksiyalarni amalga oshirish uchun Vazirlikda hay’at tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hay’at tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri (rais) va uning o‘rinbosarlari lavozimlari bo‘yicha, shuningdek, Vazirlikning quyidagi bo‘linmalari rahbarlari kiradilar:
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabrdagi 602-son qarori tahririda)
Hay’at qarorlari Vazir tomonidan imzolanadi va ularning ichki ishlar organlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Vazirlik hay’ati boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qarorlar qabul qilishi mumkin. Bunday hollarda qabul qilingan qarorlar, odatda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining buyruqlariga ko‘ra hayotga tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’atining reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish masalalarini, ularni ilmiy, ijtimoiy va moddiy-texnik rivojlantirish, kadrlar bilan ta’minlash, boshqaruv qarorlari va tavsiyalarni kelishilgan holda ishlab chiqish masalalarini kompleks hal etish uchun Vazirlikda kengashlar va komissiyalar tuziladi.
Kengashlar va komissiyalarning a’zoligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, viloyat ijroiya qo‘mitalari ichki ishlar boshqarmalarining, O‘rta Osiyo transport ichki ishlar boshqarmalarining, hokimiyat va boshqaruv organlarining, davlat va jamoat tashkilotlari va birlashmalarining vakillari tayinlanishi mumkin.
Kengashlar va komissiyalarning tarkibi, shuningdek, ular haqidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati va ichki ishlar organlari xodimlarining soni, shuningdek, ularni saqlashga ajratiladigan mablag‘lar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik markaziy apparatining strukturasi, shtatlari, xodimlarining moddiy-texnik va ijtimoiy-maishiy ta’minoti, shuningdek, ichki ishlar organlarining strukturasi va shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan ularning soni va ularni saqlashga ajratilgan mablag‘lar doirasida belgilanadi. Ichki ishlar organlarining moddiy-texnik va ijtimoiy-maishiy ta’minoti Ichki ishlar vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Mehnatga haq to‘lash shartlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlikning markaziy apparati va ichki ishlar organlari boshliqlar sostaviga kiruvchi shaxslar hamda o‘zining shaxsiy, ma’naviy va kasb fazilatlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan xizmatchilar bilan to‘ldiriladi.
Vazirlik markaziy apparati va ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi va shartlari ichki ishlar organlari oddiy va boshliqlar sostavining xizmatni o‘tash haqidagi tasdiqlangan nizom bilan belgilanadi.
21. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan hamda o‘z nomi respublikaning davlat tilida va millatlararo muomala tilida (rus tilida) yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 25-oktabrdagi
270-son qaroriga
2-ILOVA
Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 25-oktabrdagi
270-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(IV-bo‘limning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 5-dekabrdagi 539-son qarori tahririda)
V. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi respublikadan tovar-moddiy boyliklarni chetga olib chiqib ketishni nazorat qilish Davlat nazorati Bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 25-oktabrdagi
270-son qaroriga
2-ILOVASIGA
Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 25-oktabrdagi
270-son qaroriga
2-ILOVASIGA
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning IV bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 5-dekabrdagi 539-son qarori tahririda)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-yanvardagi 32-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritilgan.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-oktabrdagi 498-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimini qisqartirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining bitta o‘rinbosari lavozimi qisqartirilgan.