LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat aktivlariga ega yirik aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha kuzatuv kengashlari a’zolarining rolini kuchaytirish va shaxsiy mas’uliyatini oshirish maqsadida:
1. Davlat aktivlariga ega ayrim yirik aksiyadorlik kompaniyalari Kengashlarining yangilangan tarkiblari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
muntazam asosda (har chorakda) aksiyadorlik kompaniyalari moliya-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari o‘sishining ko‘rgazmali tahlilini amalga oshirish;
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, tasdiqlangan biznes-reja parametrlarini bajarish borasida kompaniya va korxonalar rahbarlari faoliyati natijalarini, ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini prinsipial baholashni nazarda tutgan holda kompaniyalar va ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar ijro etuvchi organlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash;
hisobot yilidagi ish yakunlarini chiqarishda har bir Kengash a’zosining undagi shaxsiy ishtiroki samaradorligini tanqidiy ko‘rib chiqish vazifasi topshirilsin.
Kengashlar raislari, zarur hollarda, yetarli tashabbus va prinsipiallik ko‘rsatmayotgan Kengash a’zolarini almashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda asosli takliflar kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarorida:
“Kompaniya kengashi “O‘zbekenergo” DAKning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarorida:
“Kompaniya kengashi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2884-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 269-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 23-avgustdagi 405-son qarorida:
a) 4-bandining birinchi xatboshisidagi “3-ilovaga muvofiq tarkibda 7 kishidan iborat” so‘zlari chiqarib tashlansin va jumla oxiriga “Uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekenergo” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi a’zolarining tarkibi to‘g‘risida” 2001-yil 15-martdagi 127-son qarori va uning ilovasi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi a’zolarining tarkibi to‘g‘risida” 2001-yil 15-martdagi 128-son qarori va uning ilovasi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi a’zolarining tarkibi to‘g‘risida” 2001-yil 15-martdagi 128-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida” 2001-yil 29-martdagi 154-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zavtoyo‘l” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi a’zolarining tarkibi to‘g‘risida” 2003-yil 4-sentabrdagi 384-son qarori va uning ilovasi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 21-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 54-bandi.