LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2017-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun ma’muriy sarf-xarajatlarni kamaytirish, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishdagi byurokratik to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish yo‘li bilan yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. 2006-yilning 1-sentabridan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olishning xabardor qilish tartibi o‘rnatilsin, yer maydonlari ajratib berish, gaz va elektr tarmoqlariga ulash to‘g‘risida, shuningdek litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha qaror talab etiladigan tadbirkorlarni ro‘yxatga olish bundan mustasno.
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish, tegishli ravishda, yustitsiya organlari yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari tomonidan bir vaqtning o‘zida ularni soliq va statistika organlarida hisobga qo‘ygan holda amalga oshiriladi;
ariza — xabarnomani bergan paytdan boshlab tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatiga olib, unga davlat ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berishgacha o‘tadigan muddat ko‘pi bilan ikki ish kunini tashkil etadi.
3. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda ro‘yxatga oluvchi tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazsin hamda uni mustahkamlash, jumladan, zarur xonalar, kompyuter texnikasi va tegishli axborot materiallari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2006-yilning 1-sentabrigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tuman (shahar)lar davlat soliq inspeksiyalari bilan ro‘yxatga oluvchi organlar o‘rtasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlari berilganligi to‘g‘risidagi tegishli so‘rovnomalarni qabul qilish va ushbu axborotni ro‘yxatga oluvchi organlarga uzatish uchun elektron pochta aloqasi tashkil etilishini ta’minlasin.
ro‘yxatga oluvchi organlarda tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish asosida davlat ro‘yxatiga olish uchun zarur bo‘lgan statistik kodlar keltirilgan statistika klassifikatorlari mavjud bo‘lishini ta’minlasin;
2006-yilning 1-sentabrigacha tadbirkorlik subyektlari tomonidan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat ro‘yxatida aynan bir xil firma nomlari mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni olish so‘rovnomalarini qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun zarur moddiy-texnika bazasini yaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibiga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin;
tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibini tushuntirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda maqolalar chop etilishini ta’minlasin, teleko‘rsatuvlar turkumini tashkil qilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mintaqalarda Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha aholini hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi tegishli organlari xodimlarini keng jalb etgan holda seminarlar o‘tkazilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.