Yuqoridagilarga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining kengashi qaror qiladi:
strategiyani amalga oshirish, monitoring qilish va moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish hamda strategiyadan kutilayotgan natijalarni tahlil qilish;
hokimlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid hisobotlarini eshitish doirasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilgan ishlarni ham tanqidiy muhokama qilish;
xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari tomonidan hududlarda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish boʻyicha tegishli tavsiyalarni ishlab chiqsin hamda ularning joylarga yetkazib berilishini taʼminlasin;
7. Mazkur Qaror ijrosini taʼminlash Ishchi guruh zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 23-apreldagi KQ-717-IV-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Mamlakatning migratsiya siyosati yoʻnalishini yanada takomillashtirish masalalari boʻyicha ishchi guruh
|
1. |
Choʻlliyev Shuxrat Askarovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari |
|
|
2. |
Parpiyev Maxmud Mamatovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
|
3. |
Marufova Gulnora Maxmudovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
|
Ishchi guruh aʼzolari: |
||||
|
4. |
Gafforov Mexrangiz Shavkatovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiri |
|
|
5. |
Xaydar Shuxrat Xaydar oʻgʻli |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish shoʻbasi mudiri |
|
|
6. |
Kamilov Oybek Xamidjonovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatining yetakchi konsultanti |
|
|
7. |
Mirzaaxmedov Zufar Toshmuxammadovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi |
|
|
8. |
Boboqulov Sirojiddin Suyunovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamenti bosh mutaxassisi |
|
|
9. |
Sayfutdinov Suxrob Sanjarovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi |
|
|
10. |
Talipov Ravshan Rustamovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi |
|
|
11. |
Toyanov Shoxrux Shomamat oʻgʻli |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi siyosati boshqarmasi bosh mutaxassisi |
|
|
12. |
Axmatov Azim Baxronqulovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Strategik rejalashtirish va yigʻma tahlil boʻlimi boshligʻi |
|
|
13. |
Shukurova Kamola Shuxratovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yuridik taʼminlash boʻlimi boshligʻi |
|
|
14. |
Aripov Toxir Erkinovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining birinchi kotibi |
|
|
15. |
Patxullayev Diyor Zafarovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining uchinchi kotibi |
|
|
16. |
Uzakov Sharaf Shavkatovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi prokurori |
|
|
17. |
Raxmatullayev Aziz Xotamjonovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining boʻlimi boshligʻi |
|
|
18. |
Gʻaybullayev Furqatjon Baxtiyorovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati katta inspektori |
|
|
19. |
Fayzullaxonov Shukurullaxon Xabibulla oʻgʻli |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jinoyat qidiruv xizmati bosh mutaxassisi |
|
|
20. |
Nusratullayev Shaxboz Jumanazar oʻgʻli |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi |
|
|
21. |
Xaytmuratov Sobir Xolmuratovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Demografiya, bandlik va aholi turmush darajasini prognoz qilish boʻlimi boshligʻi |
|
|
22. |
Juralov Akmal Shermamatovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Ilgʻor xorijiy tajriba va reytinglarni oʻrganish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi bosh inspektori |
|
|
23. |
Xolikova Guli Neʼmatova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti mutaxassisi |
|
|
24. |
Isoqov Luqmonjon Xolboyevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori, dotsent |
|
|
25. |
Azizov Ildar Rafaelevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi kotibiyati bosh maslahatchisi |
|
|
26. |
Axmedov Mirjalol Axmedovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 23-apreldagi KQ-717-IV-sonli Qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha
|
T/R |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼullar |
|
1. |
Migratsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. |
1. Ichki va tashqi migratsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish. 2. Xatlov natijalariga koʻra normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlangan boʻshliqlar va oʻzaro nomuvofiqliklarni oʻrganish. 3. Oʻrganish natijalarida aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. |
2024 yil may |
Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi |
|
2. |
Migratsiya sohasidagi joriy holat va mavjud muammolarni oʻrganish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar haqidagi statistik maʼlumotlarni quyidagi toifalar boʻyicha oʻrganish: Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning sonini migratsiya maqsadi va davlatlar ulushi boʻyicha tasniflash; maʼlum bir davr mobaynida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir qilingan maʼmuriy huquqbuzarlik va jinoyatlar sonini aniqlash. 2. Ichki migratsiya jarayonlarida qatnashayotgan fuqarolarning sonini migratsiya maqsadi va viloyatlar ulushi boʻyicha tasniflash. 3. Ichki migratsiya jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganib, oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 4. Natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. |
2024-yil iyun |
Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Statistika agentligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Bosh prokuratura |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi muammolarini oʻrganish. |
1. Xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari sonini migratsiya maqsadi va davlatlardagi ulushi boʻyicha tasniflash; 2. Tashqi migratsiya jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganib, oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 3. Migrantlar orqali mamlakatimizga yuborilayotgan pul oʻtkazmalari miqdorini aniqlash. 4. Natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. |
2024-yil iyun |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Bosh prokuratura |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda noqonuniy (nolegal) maqomda boʻlishi va uning salbiy oqibatlari bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish. |
1. Oʻzbekistondan xorijga vaqtinchalik ishlash uchun ketgan va noqonuniy maqomda boʻlgan fuqarolarga oid maʼlumotlar toʻplash va tahlil etish hamda bunda quyidagi holatlarga eʼtibor qaratish: noqonuniy maqomda ishlash bilan bogʻliq xalqaro va milliy qonunchilikni oʻrganish; noqonuniy maqomda boʻlish sabablari; noqonuniy maqomda boʻlishning huquqiy oqibatlari; noqonuniy maqomda boʻlishning oldini olishga qaratilgan choralarning samaradorligi. 2. Oʻrganish natijasida noqonuniy maqomda boʻlishning oldini olish va uning natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. |
2024-yil iyul |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura |
|
5. |
Mehnat migratsiyasi jarayonlarida qatnashadigan fuqarolar haqida maʼlumotni shakllantirish. |
1. Mamlakatdagi ishsiz aholi sonini aniqlash va ularni yoshi, jinsi, maʼlumoti va mutaxassisligi boʻyicha tasniflash. 2. Oliy va professional taʼlim turlarini har yili tamomlayotgan bitiruvchilarning mehnat bozorida joylashishini tahlil qilish. Bunda eʼtiborni bitiruvchilarning yashash hududi boʻyicha rasmiy yoki norasmiy ishga joylashishi, yashash hududidagi viloyatdan tashqari respublikaning boshqa hududlarida rasmiy yoki norasmiy ravishda ishga joylashishi, xorijiy davlatlarga mehnat migranti sifatida ishga ketishi, shuningdek ishsiz qolishiga qaratish. |
2024-yil iyul |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Statistika agentligi, Ichki ishlar vazirligi |
|
6. |
Mamlakatimiz va xorijiy davlatlar mehnat bozorida talab etilayotgan malakali mutaxassislar zaxirasini shakllantirish. |
1. Mamlakatimiz va xorijiy davlatlar mehnat bozorida talab etilayotgan malakali mutaxassislar roʻyxatini aniqlash. 2. Malakali mutaxassislarni oʻqitish va tayyorlash boʻyicha aniq mexanizmlarni yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil iyul |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasi doirasida erishilishi koʻzda tutilayotgan maqsadlarni aniqlash va ularga erishishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash. |
1. Xorijiy davlatlarning migratsiya siyosatini oʻrganish, bunda asosiy eʼtiborni erishilgan yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish. 2. Oʻrganish natijalarini chuqur tahlil qilgan holda Oʻzbekistonning migratsiya strategiyasi doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni belgilash, strategiya doirasida erishilishi kerak boʻlgan maqsadlarni ishlab chiqish. 3. Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasi maqsadlariga erishishni taʼminlovchi ustuvor vazifalarni belgilash. |
2024 yil avgust |
Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Strategik islohotlar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasidan kutilayotgan natijalarni tahlil qilish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasini amalga oshirishdan kutilayotgan asosiy natijalarning roʻyxatini shakllantirish. 2. Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasidan kutilayotgan natijalarga erishish imkoniyatlarini oʻrganish. |
2024 yil avgust |
Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Strategik islohotlar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasini amalga oshirish, monitoring qilish va moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasini amalga oshirish va monitoring qilishda ishtirok etadigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasining amalga oshirilishini monitoring qilish tizimini ishlab chiqish. 3. Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasining amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalarini belgilash. 4. Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasining amalga oshirilishini muhokama qilish tizimini joriy etish. |
2024 yil sentabr |
Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasining loyihasini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish. |
1. Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot (IOM) — BMT migratsiya agentligi bilan muzokaralar olib borish; |
2024 yil may |
Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot (IOM) — BMT migratsiya agentligining texnik koʻmagida Strategiya loyihasini xalqaro standartlar va Migratsiya boʻyicha global pakt maqsadlariga muvofiqlashtirish; |
2024 yil iyul |
|||
|
3. Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot (IOM) — BMT migratsiya agentligining texnik koʻmagida Strategiyani amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. |
2024 yil oktabr |
|||
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasini qabul qilish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasi loyihasini ishlab chiqish. |
2024 yil sentabr |
Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Loyihani kelishish uchun manfaatdor davlat organlari va tashkilotlariga yuborish, shuningdek jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish. |
2024 yil oktabr |
|||
|
3. Loyiha boʻyicha bildirilgan takliflar va fikrlarni umumlashtirish hamda tahlil qilish. |
||||
|
4. Bildirilgan takliflar va fikrlardan kelib chiqqan holda yakuniy strategiya loyihasini tayyorlash. |
2024 yil noyabr |