05.01.2026 yildagi PQ-1-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi natijasida mahallalarda jinoyatchilikni qariyb 1,5 baravarga kamaytirishga erishilganini inobatga olgan holda, shuningdek, mazkur yoʻnalishda yaxlit ishlash tizimini joriy etish hamda masʼul rahbarlarning vazifalarini belgilash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar va ustuvor vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirishni ustuvor vazifa etib belgilagan holda mahallalarda xavfsiz muhitni ishonchli taʼminlash boʻyicha manzilli profilaktik chora-tadbirlar tizimini samarali joriy etish orqali jinoyatchilikni keskin kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oila-turmush munosabatlari doirasida hamda ayollar va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning asl omillarini ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish orqali ularning barvaqt oldini olish boʻyicha yangi ishlash mexanizmlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) har qanday noqonuniy holatlar yuzasidan murojaatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish tizimini yaratish, bu boradagi faoliyatni bevosita joylarda samarali yoʻlga qoʻyish orqali aholi roziligiga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar barcha masʼul idoralar va muassasalar uchun mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha tashkiliy-profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori bilan belgilangan mexanizmlariga muvofiq ishlarni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har bir mahallada kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir etuvchi omillar bilan ishlashning mahallalar kesimida har choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilash hamda ularning mahalla — tuman — viloyat darajasida ijrosi uchun bevosita masʼul rahbarlarni biriktirish va zimmalariga aniq javobgarlikni yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mahalla hududida aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish orqali oldini olish mumkin boʻlgan har bir jinoyat boʻyicha mahalliy hokimliklarning masʼuliyatini oshirish, ijtimoiy profilaktika subyektlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar samaradorligi yuzasidan qatʼiy soʻrov tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) oila-turmush munosabatlari doirasida hamda ayollar va yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni “ilmiy xulosa — tavsiya — natija” tamoyili asosida joylarga chiqqan holda maqsadli ilmiy-amaliy oʻrganish orqali samarali tashkiliy-huquqiy choralarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) mahallalardagi jamoat joylarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yoʻnalishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sunʼiy intellekt texnologiyalarini, ijtimoiy profilaktikaga masʼul idoralar va muassasalar tomonidan koʻrilayotgan choralarning samaradorligi ustidan elektron nazorat tizimini keng joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tashkiliy-profilaktik chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha samarali tizimni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 2026-yilda hududlar masʼul rahbarlar va muassasalarga quyidagi tartibda nomma-nom biriktiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kriminogen vaziyati ogʻir mahallalar — tuman (shahar) hokimlari, prokurorlari hamda ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) besh yildan buyon “qizil” toifada boʻlayotgan mahallalar — Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat darajasidagi ichki ishlar organlari rahbarlarining va hokimlarning oʻrinbosarlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uch yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalar — huquq-tartibot idoralarining taʼlim va ilmiy tashkilotlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) kriminogen vaziyati eng ogʻir tuman va shaharlar — viloyatlar darajasidagi prokurorlarning va ichki ishlar organlari rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qoʻygan shaxslar jinoyatchiligi hamda nizoli oilalar salmogʻi eng yuqori boʻlgan mahallalar — tegishincha viloyatlar darajasidagi oila va xotin-qizlar, sogʻliqni saqlash hamda adliya boshqarmalari boshliqlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) biriktirilgan masʼul rahbarlar va muassasalar zimmasiga oʻz hududlarida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini tashkil etish namunasini yaratish, hududiy “yoʻl xaritalari” bilan belgilangan chora-tadbirlarning toʻlaqonli amalga oshirilishini taʼminlash hamda ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha qatʼiy shaxsiy javobgarlik yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlari har oyda bevosita oʻzlari kamida ikkita kriminogen vaziyati ogʻir va murakkab mahallalarga borgan holda yoshlar, ayollar va ishsizlarga nisbatan belgilangan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish holatini tanqidiy oʻrganadi hamda ularning ijtimoiy-maishiy muammolarini bartaraf etish boʻyicha manzilli choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) har oy yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan mahallalarda sodir etilgan ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning sabablari va ularni keltirib chiqargan omillarni tanqidiy muhokama qiladi va harakatsizlikka yoʻl qoʻygan ijtimoiy profilaktikaga masʼul tashkilotlar rahbarlariga nisbatan choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ijtimoiy moslashtirish dasturi yakunlangandan soʻng ijtimoiy profilaktika obyektlari tomonidan jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida ushbu shaxslarning turmush tarzi bir yil davomida monitoring qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) respublika mahallalarida ilovaga muvofiq tartibda mahalliy hokimliklar rahbarligida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ni oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlari tomonidan hududiy prokurorlar va ichki ishlar organlari rahbarlarining har chorakda kiritiladigan qoʻshma takliflariga asosan mahallada jinoyatchilikni jilovlash yoʻnalishida masʼul davlat idoralarining kamida 15 nafar oʻrnak koʻrsatgan rahbar va xodimlari mahalliy budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mehnatga haq toʻlash fondi (pul taʼminoti)ning bir baravari miqdorda pul mukofoti bilan ragʻbatlantirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tashkiliy-nazorat chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish maqsadida Bosh prokuratura huzurida tuzilgan Respublika idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtirish ishchi guruhi) oʻz faoliyatini belgilangan tartibda davom ettirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlashtirish ishchi guruhi (B. Valiyev, A. Raxmatullayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-2027-yillarda har chorakda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning samarali tashkiliy-texnik tizimini shakllantirishga qaratilgan har bir hudud kesimida asosiy maqsadli koʻrsatkichlarni tasdiqlab borsin hamda ularga erishish holati ustidan nazoratni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir hudud va kriminogen vaziyati ogʻir mahallalar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori bilan tasdiqlangan mahalla — tuman — viloyat darajalaridagi manzilli chora-tadbirlarning namunaviy “yoʻl xaritalari” asosida har choraklik hududiy “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va ijroga qaratishni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi borasidagi ishlarning natijadorligini, shu jumladan, joylarga bevosita chiqqan holda tizimli ravishda baholasin, shuningdek, hududiy “yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning izchil, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini doimiy ravishda qatʼiy nazorat (shu jumladan, elektron nazorat platformasi orqali) qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) har oyda kamida ikkita viloyat kesimida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati va natijadorligi boʻyicha barcha masʼul idora va muassasalar bilan tanqidiy muhokamalar oʻtkazilishini hamda ushbu masalaga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan taʼsir choralari koʻrib borilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish ishlariga munosib hissa qoʻshgan masʼul rahbarlar va xodimlarni har yili Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan davlat mukofotlariga tavsiya qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mahallalarda xavfsiz muhit yaratish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi har oy yakunida — viloyat prokurorlari va ichki ishlar organlari boshliqlari huzurida, har chorak yakunida ichki ishlar vaziri va Bosh prokuror huzurida tegishli viloyat va respublika rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tahliliy axborot hamda masʼullarni ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazolash boʻyicha takliflar kiritib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur qarorga muvofiq hududlarga biriktirilgan masʼul rahbarlar va muassasalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati ustidan nazorat qilish, shu jumladan, joylarga bevosita chiqqan holda ularning natijadorligini baholab borish Muvofiqlashtirish ishchi guruhi va uning hududiy shtablari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qonun ustuvorligini taʼminlash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Bosh prokurorning va ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosarlariga — jinoyatlarni hisobdan yashirish, respublika miqyosida kundalik hisobotlarga soxta maʼlumotlarni kiritish holatlariga tubdan barham berishga qaratilgan qatʼiy nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorlari va ichki ishlar organlari rahbarlariga — jinoyat ishini qoʻzgʻatishni asossiz rad etish, jinoyatlarni hisobdan yashirish va qasddan notoʻgʻri malakalash holatlarining oldini olishga qaratilgan tizimli nazoratni taʼminlash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tuman (shahar) prokurorlari va ichki ishlar organlari rahbarlariga — aholining huquqbuzarlik haqidagi har qanday murojaatlarini soʻzsiz roʻyxatga olish, koʻrib chiqish natijasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini oʻrganish hamda barcha jinoiy holatlar yuzasidan belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida, qonuniy va toʻlaqonli amalga oshirilishini tashkil etish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin hamda bu borada qatʼiy choralar koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil yakuniga qadar fuqarolarning huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ogʻzaki murojaatlarini soha va hududidan qatʼi nazar, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat planshetlari orqali real vaqt rejimida yagona tartibda qabul qilish hamda tegishliligi boʻyicha tezkorlik bilan munosabat bildirish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-noyabrga qadar fuqarolar tomonidan mahalla profilaktika inspektorlari bilan onlayn muloqot qilish, foto, audio, video va tashvish xabarlarini yuborish, shuningdek, ularning faoliyatiga baho berish imkoniyatini beruvchi “Mening inspektorim” mobil ilovasini ishlab chiqish va ommalashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-mayga qadar oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish maqsadida nizoli oilalar haqidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va monitoring qilish imkonini beradigan “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimining “E-nizoli oila” modulini joriy etish va modulni sudlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2026-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori bilan belgilangan tartibda tahlillardan kelib chiqqan holda boshqa hududlarning kriminogen vaziyat ogʻir va murakkab mahallalarida ham mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda bunda jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha tezkor harakatlanish tizimini joriy etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mahallalarida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom respublika mahallalarida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ni oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” — respublika mahallalarida ijtimoiy profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirishga qaratilgan haftalik tashkiliy, amaliy, uslubiy va boshqa chora-tadbirlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” tashkilotchilari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat (tuman-shahar) hokimliklari, davlat organlari va idoralari, jamoatchilik tuzilmalari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom qoidalari barcha davlat organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ni oʻtkazishning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika mahallalarida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ni oʻtkazishdan asosiy maqsad:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mahallalarda ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ijtimoiy profilaktika obyektlarining muammolarini oʻrganish va ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni sogʻlom turmush tarzi va sportga targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) fuqarolarni jipslashtirish, mahallalarda sogʻlom muhit yaratish va fuqarolarda mahallaga daxldorlik hissini uygʻotishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika mahallalarida oʻtkaziladigan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”dagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish uchun xulosalar rasmiylashtirish, ijrochilarga yoʻnaltirish va ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarziga jalb qilish boʻyicha taʼsirchan targʻibot kampaniyalarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash va hal qilish uchun viloyat (tuman, shahar) hokimlarining shaxsiy qabullarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) aholining bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida mehnat yarmarkalari, huquqiy maslahatxonalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) targʻibot kampaniyalariga taniqli shaxslar, xonandalar, aktyorlar, sportchilar va boshqa faollarini keng jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) hokimlari oʻz hududini oʻrganish davomida aniqlangan masalalarning dolzarbligidan kelib chiqqan holda “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ni bir oyda bir marotaba oʻtkazish haqida takliflarni shakllantiradi va tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimiga kiritadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) takliflar bevosita kriminogen vaziyati ogʻir, uch va besh yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan, ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qoʻygan shaxslar jinoyatchiligi hamda sudda nizolashayotgan oilalar salmogʻi eng yuqori boʻlgan mahallalarni qamrab olishga qaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) taklifda haftalik oʻtkazilishi rejalashtirilgan mahallalarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning aniq mexanizmi, muddati, ijrochisi va moliyaviy manbasi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Barcha tuman (shahar) hokimliklaridan kelib tushgan takliflarga asosan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tuman (shahar)larida oʻtkazish haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining farmoyishi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Farmoyishda “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” oʻtkaziladigan kunlar hafta hisobida tumanlar va mahallalar kesimida ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Farmoyish ijrosini taʼminlashga shaxsan tuman (shahar) hokimlari masʼul etib belgilanadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida tashkiliy qoʻmita va idoralararo ishchi guruh tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” oʻtkaziladigan joy va aniq sana haqida ommaviy axborot vositalari (ijtimoiy tarmoqlar) orqali aholiga eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Haftalik “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va tuman (shahar) darajasidagi quyidagi idora va tashkilotlarning masʼullari jalb qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) adliya idoralari, sogʻliqni saqlash boʻlimlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, ichki ishlar boʻlimlari, prokuratura organlari, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari, iqtisodiyot va moliya boʻlimlari, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari, oila va xotin-qizlar bilan ishlash boʻlinmalari, banklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) zaruriyatdan kelib chiqqan holda haftalik doirasida boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarning masʼullari ham ishtirok etishga jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ijtimoiy profilaktika obyektlari hisoblangan va mazkur toifaga tushish ehtimoli boʻlgan shaxslar taklif qilinib, ularning muammolari oʻrganish va hal etishga alohida eʼtibor qaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oʻrganish natijalari boʻyicha murojaatning tegishliligiga qarab huquqiy maslahatlar berish bilan bir vaqtda masalani joyida hal etishga ustuvorlik beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mablagʻ bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha tegishli tashkilotlar, banklarni jalb qilgan holda ularni hal etish choralari koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ishsizlarni ishga joylashtirish maqsadida hududdagi tadbirkorlik subyektlari jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ishsizlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish boʻyicha biznes loyihalari taklif qilinib, uning boshlangʻich sarf-xarajatlari yuzasidan tegishli koʻmak koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri darajasidagi rahbarlarning shaxsiy qabuli (har bir tuman (shahar)da) tashkillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) mehnat, bank va ijtimoiy xizmatlar yarmarkalari oʻtkaziladi (viloyat, tuman va shahar hokimlarining shaxsiy qabul kunlarida tashkillashtiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) sogʻlom turmush tarziga targʻib qilish va madaniy hordiq chiqarishga qaratilgan targʻibot kampaniyalari oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) mahallalardagi ijtimoiy profilaktika obyektlarini aniqlash, ularga ijtimoiy profilaktika tadbirlarini oʻtkazish uchun xulosalar shakllantirish va ijroga yoʻnaltirish (“mahalla yettiligi” tomonidan) choralari koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) tadbir kunlik tahlil qilinadi va qabul qilingan fuqarolar, oʻrganilgan muammolar, ularning qanchasi joyida hal etilganligi boʻyicha sohalar kesimida umumlashtirilgan hisobot shakli yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(m) haftalik yakunida barcha hisobotlar umumlashtiriladi va erishilgan natijalar ommaviy axborot vositalari (ijtimoiy tarmoqlar)da yoritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(n) haftalikni tashkil etish davomida zaruriyat va aholining murojaatidan kelib chiqqan holda boshqa tadbirlar ham oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mahallalarda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarziga targʻib qilish va madaniy hordiq chiqarishiga qaratilgan targʻibot kampaniyalari aholi soni va joylashuvidan kelib chiqqan holda beshtagacha mahallani birlashtirgan holda oʻtkazilishi mumkin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur tadbir tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tadbir oʻtkazish uchun qulay joy tanlanadi va tadbirni yuqori saviyada tashkillashtirish uchun homiylar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” yakunini sarhisob qilgan holda kelgusida ish samaradorligini oshirish maqsadida adliya, sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan “mahalla yettiligi” uchun ijtimoiy profilaktika boʻyicha qisqa muddatli seminar-treninglar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” yakuni, natijalari va tahlili boʻyicha tuman (shahar) hokimlari tomonidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlariga muhokama uchun axborot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tuman (shahar) hokimlari “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ni tashkillashtirishda va qoʻyilgan vazifani bajarishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli taʼsir choralarini qoʻllash boʻyicha hamda oʻz vazifasiga sidqidildan yondashgan, aholini keng qamrab olgan tashkilotchilarni ragʻbatlantirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mahalliy hokimliklarning jamoatchilik bilan ishlashga masʼul xizmatlariga “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar)da keng yoritib borish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2026-y., 07/26/1/0017-son)