14.04.2021 yildagi 211-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Collegium Numanum” Varshava menejment universitetining Andijon filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga, “Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-son qaroriga hamda xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan “Collegium Numanum” Varshava menejment universiteti (Polsha Respublikasi) oʻrtasida “Collegium Numanum” Varshava menejment universitetining Andijon filialini tashkil etish toʻgʻrisida Bosh bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Collegium Numanum” Varshava menejment universitetining (Polsha Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda — Muassis) “Collegium Numanum” Varshava menejment universiteti Andijon filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyoti real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejasi va dasturlarni zamonaviy fanlar asosida takomillashtirib borish, innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ularning stajirovkasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya va buxgalteriya hisobi, logistika, xalqaro biznes va marketing, turizm, tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni boshqarish, innovatsiyalar, elektron tijorat, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalari boʻyicha hamda respublika iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari uchun xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MVA (Master of Business Administration), DBA (Doctor of Business Administration), LLM (Master of Law) xalqaro dasturlari va mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda boshqa dasturlar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, malaka amaliyotini Yevropaning yetakchi taʼlim muassasalarida tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va Andijon viloyati iqtisodiyoti tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, taʼlim oluvchilarning innovatsion gʻoyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ilm-fanning uzluksizligi hamda izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon taʼlimi va ilmiy hamjamiyatga uygʻun integratsiyalashuvi asosida mutaxassis va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ilm-fan sohasida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablari inobatga olingan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Muassis tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va fan dasturlariga muvofiq kunduzgi taʼlim shaklida ingliz, rus va oʻzbek tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Muassis hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Filial tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Filialning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Filial tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda dastlabki bosqichda “Moliya va buxgalteriya hisobi”, “Transport va logistikada menejment”, “Xalqaro biznes va marketing”, “Turizm, mehmonxona ishi va umumiy ovqatlanishda menejment va marketing”, “Kichik va oʻrta biznesni boshqarish”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar qabuli amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori Muassis tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga Muassis tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijrochi direktor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan “Collegium Numanum” Varshava menejment universitetining (Polsha Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olingandan soʻng taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muassisning quyidagi majburiyatlarni olishi toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimda koʻrsatib oʻtilgan shartlarga muvofiq uch yil davomida jami toʻrt million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, kiritilayotgan investitsiyaning ikki million AQSh dollari miqdoridagi qismini 2021-yil mobaynida jalb etish, ushbu mablagʻlar hisobidan Filialga ajratilgan bino va inshootlarni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash, zarur uskunalarni xarid qilish hamda Filialning yangi kampusini qurish uchun yer uchastkasi ajratilishi boʻyicha tegishli qaror qabul qilingandan soʻng qurilish ishlarini amalga oshirish uchun sarflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy laboratoriya uskunalari, oʻquv va ilmiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi bilan taʼminlash hamda oʻquv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning yangi kampusi doirasida talabalar turar joyini barpo etish va jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning har yilgi qabul parametrlarining 10 foizidan kam boʻlmagan qismini ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni bepul (Filial granti asosida) oʻqishga qabul qilish uchun ajratish, shuningdek, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalarga oʻqish uchun belgilangan toʻlovlarni amalga oshirishda toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan 50 foizgacha chegirma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda taʼlim berish va oʻquv jarayonini tashkil etish uchun 70 foizgacha malakali xorijiy professor-oʻqituvchilarni Polsha Respublikasi va Yevropaning boshqa davlatlaridan jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Filialga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda “Collegium Numanum” Varshava menejment universiteti (Polsha Respublikasi) bilan kelishgan holda, mehnat bozori konyunkturasining tez oʻzgaruvchan sharoitida yuqori malakali kadrlarning amaliy tayyorgarligini taʼminlaydigan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib Muassis mablagʻlari, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Andijon viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Filialga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial ustavini tasdiqlash hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialni tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlashda zarur yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Filialga oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlariga taklif qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda toʻlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Filialda taʼlim sifati taʼminlanishini hamda qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Filial oʻz kampusi tashkil qilinguniga qadar Andijon viloyati, Asaka tumani, “Zarbdor” QFY, Ergashobod koʻchasi, 47-uy manzilida joylashgan Asaka agrotexnologiyalar texnikumi (sobiq Asaka oziq-ovqat texnologiyasi va sanoati kolleji) bino va inshootlarining bir qismida tekin foydalanish huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur bino va inshootlar hamda unga tegishli hududni saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan, kommunal toʻlovlar Filial mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asaka agrotexnologiyalar texnikumi ham faoliyatini oʻz binosida davom ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladigan Asaka agrotexnologiyalar texnikumi bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda Filialni mebel, inventar, oʻquv va ilmiy asbob-uskunalar, tashkiliy texnika, kompyuterlar, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlashga oid ishlarni moliyalashtirish Muassisning investitsiya qilingan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Andijon viloyati hokimligi kelgusida Filialga oʻz kampusini tashkil qilish, shu jumladan, talabalar turar joyini barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda Andijon shahridan yoki shaharga yaqin boʻlgan hududdan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan umumiy maydoni 2 gektar boʻlgan yer uchastkasi ikki oy muddatda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov, Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmonov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/211/0327-son)