03.07.2018 yildagi PQ-3832-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron toʻlovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-texnologik platformalarda faoliyat koʻrsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari, “sunʼiy aql”, superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar boʻyicha faoliyat jahonning koʻplab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning koʻplab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar kripto-aktivlar aylanmasi sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha eng muhim vazifalar deb hisoblansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning, smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sugʻurtalash, shuningdek, maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ish koʻnikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar boʻyicha faoliyat va maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat koʻrsatadigan yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini hisobga olgan xolda maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarini joriy etish uchun zarur huquqiy bazani yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini taʼminlash.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari joriy etiladigan aniq faoliyat sohalari manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirishni va maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik topshiriqlarning loyihalari Agentlikda majburiy tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2029-yil 1-yanvarga qadar yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operatsiyalari, jumladan, norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-sentabrdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2024-y., 06/24/140/0728-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻlik valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kripto-aktiv mulkiy huquq hisoblanib, maʼlumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yigʻindisi boʻlgan qiymati va egasiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat turlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mayning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlar faoliyati (keyingi oʻrinlarda — xizmatlar provayderlari);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mayning bu hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi hududida amalga oshiriladigan mayning bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyadan foydalanilgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar oʻsuvchi koeffitsiyentga muvofiq toʻlanadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmoniga 1-ilovada nazarda tutilgan holatlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tigʻiz davrda isteʼmol qilingan elektr energiya uchun tegishli tariflarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ustamalar qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisoblagich oʻrnatilgan holda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mayning Agentlik tomonidan majburiy roʻyxatdan oʻtkaziladi va litsenziyalanadigan faoliyat turiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mayning bilan shugʻullanuvchi shaxslar (maynerlar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maynerlarni roʻyxatdan oʻtkazish faqat Internet tarmogʻi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maynerlar oʻz faoliyatini faqat roʻyxatga olingan paytda koʻrsatilgan manzilda, yongʻin xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirishi lozim;
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xizmatlar provayderlari jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan ularning nomidan kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash, saqlash, chiqarish, joylashtirish va boshqarish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar provayderlari faqat Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — yuridik shaxslar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar provayderlari turlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja — kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash uchun elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mayning-pul — mayning jarayonini taʼminlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-depozitariy — kripto-aktivlarni chiqarish, ularni dastlabki joylashtirish va saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha elektron platforma va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-doʻkon — kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha elektron platforma va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qarorlari bilan belgilanadigan boshqa turdagi xizmatlar provayderlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash boʻyicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali belgilangan tartibda amalga oshiradi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
(3-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga kiritish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji miqdori va uni toʻlash tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berishdan tushadigan davlat bojining barcha summasi litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) xizmatlar provayderlari faoliyatiga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashgan elektron platforma va (yoki) texnik hamda dasturiy vositalar majmuining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar bilan bogʻliq barcha operatsiyalar boʻyicha maʼlumotlarni, platforma ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlarini, xizmatlar provayderlarining platforma ishtirokchilari bilan munosabatlariga oid materiallarni (shu jumladan, platforma ishtirokchilari oʻrtasida), shu jumladan, ish yozishmalarini besh yil davomida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish hamda shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi reklamaga qoʻyiladigan, shu jumladan, kripto-aktivlardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatning samaradorligi (daromadi) haqida vaʼdalar berish, kripto-aktivlar bilan bitimlarni tuzish boyishning yengil usuli ekanligi haqidagi maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanganligi hamda kripto-aktivlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov yoki toʻlovni qabul qilish vositasi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno) sifatida qoʻllanilishi mumkin emasligi haqidagi talablarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platforma faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq maʼlumotlarni vakolatli organning soʻroviga binoan bepul taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, norezidentlarga, litsenziatning ustav kapitalidagi ulushini realizatsiya qilishni litsenziyalovchi organ bilan kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari), shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbarini almashtirish masalasini litsenziyalovchi organ bilan kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar kripto-birjalarga qoʻyiladigan qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni kotirovkalashni ularga boʻlgan talab va taklif asosida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza berilgan sanada pul mablagʻi shaklida bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamgʻarmasi (kapitali) mavjudligi, shundan uch ming baravarini Oʻzbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida hisobvaraqda zaxiraga qoʻyish;
(3-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) xizmatlar provayderlari faoliyatini ularning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishini nazorat qilish funksiyalari xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalovchi organga va tegishli vakolatli davlat organlariga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) xizmatlar provayderlarining ustav jamgʻarmasi faqat uning muassislarining mablagʻlari va boshqa mol-mulklaridan shakllantiriladi. Xizmatlar provayderlarining ustav jamgʻarmasini shakllantirish uchun foydalaniladigan mablagʻlar kredit yoki garovga olingan mablagʻlar va shu kabi boshqa mablagʻlar jalb qilinishi orqali amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik shaxslar yigʻim toʻlaydilar. Yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Agentlik oʻrtasida taqsimlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻimlar miqdori, ularni toʻlash va ularning taqsimlanishi Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;
(3-bandning “m” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) quyosh fotoelektr stansiyalari uchun asbob-uskunalar va qurilmalardan foydalanuvchi maynerlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tiklanadigan energiya sohasida soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) mayning bilan shugʻullanuvchi shaxslarning yagona energotizimiga noqonuniy ulanishi holatlari aniqlanganda, ularga nisbatan belgilangan tarif 5 barobar oʻsuvchi koeffitsiyent bilan qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) 2022-yil 1-yanvarga qadar kripto-birja faoliyati uchun berilgan litsenziyalar davlat boji va yigʻimlar undirilmasdan mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda qayta rasmiylashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xizmatlar provayderlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmatlar uchun, shu jumladan, kripto-aktivlar shaklida mukofot olish, uning miqdorini va uni mijozlardan undirish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan kripto-aktivlarni milliy va xorijiy valyutaga sotib olish va (yoki) begonalashtirishga, shuningdek, kripto-aktivlarni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlashga qaratilgan bitimlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kripto-doʻkonlarga oʻz faoliyatini faqat elektron platforma orqali amalga oshirish jarayonida mijozlarining mablagʻlarini tranzaksiya amalga oshirilgan va maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrida tegishli yozuv paydo boʻlgan paytdan boshlab Agentlik tomonidan belgilangan muddatda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maynerlarga mayning natijasida olingan kripto-aktivlarni milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, belgilangan tartibda sotish va (yoki) ularni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlash huquqi berilsin. Bunda mayning natijasida olingan kripto-aktivlarni boshqa yuqori likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlash va ularni keyinchalik milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishga yoʻl qoʻyiladi. Mayning natijasida olingan (shu jumladan, boshqa yuqori likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlangan) kripto-aktivlarni sotishdan tushgan tushum majburiy tarzda Oʻzbekiston Respublikasidagi bankning hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsin, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir vaqtning oʻzida quyidagi mezonlardan kamida ikkitasi mavjud boʻlganda, kripto-aktivlar bilan operatsiya (keyingi oʻrinlarda — operatsiya) oʻtkazish joyi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi tan olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyaning bir tomoni Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti (jismoniy yoki yuridik shaxs) boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya Oʻzbekiston Respublikasining hududida amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya Oʻzbekiston Respublikasining hududida roʻyxatdan oʻtgan IP-manzildan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro kodi mavjud boʻlgan mobil telefon raqamidan foydalangan holda amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banki tomonidan emissiya qilingan bank kartasidan foydalanilganda yoki toʻlovlarga ishlov berish va ularning kliringi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyani amalga oshirish uchun xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasining hududida yashovchi mijozlar uchun moʻljallanganda, shu jumladan, davlat tilida taqdim etilganda yoki reklama qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agentlikka quyidagi vakolatlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — xorijiy yuridik shaxslar) faoliyatini tekshirish. Bunda ushbu tekshirishlarga Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlari tatbiq etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun xorijiy yuridik shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash. Bunda ushbu jarimaning 50 foizi litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xizmatlar provayderlarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun gumonlanayotgan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud oʻtalmagan shaxslar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashayotgan, boʻlib turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar tomonidan boshqarish;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmatlar provayderlarining ustav jamgʻarmasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan shaxslarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar ishtirok etishi;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlarning toʻlov yoki toʻlovni qabul qilish vositasi sifatida qoʻllanilishi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 07/25/359/1106-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yashirin mayningni amalga oshirish (maxsus dasturiy taʼminotdan foydalanish orqali uchinchi shaxslarning hisoblash quvvatlarida, ularga bildirmagan holda yoki roziligisiz mayningni amalga oshirish boʻyicha faoliyat) va anonim kripto-aktivlar mayningi (anonimlik prinsipi boʻyicha ishlayotgan kripto-aktivlar) taqiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat provayderlar faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi, Kripto-aktivlar mayningini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni qabul qilinishini va amalga kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Davlat boji toʻgʻrisida” va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3832-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3832/1452-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son; 19.09.2024-y., 06/24/140/0728-son; 28.11.2025-y., 07/25/359/1106-son; 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)