29.12.2017 yildagi PQ-3450-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2863-son qaroriga muvofiq, sogʻliqni saqlashning xususiy sektorini yanada rivojlantirish boʻyicha xususiy tibbiyot tashkilotlarining faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tizimini takomillashtirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmi va turlarini oshirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida sogʻliqni saqlashning xususiy sektori tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar turlari 50 tadan 126 taga koʻpaydi. Stomatologiya va kosmetologiya tashkilotlaridan tashqari xususiy tibbiyot tashkilotlari 2022-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni toʻlashdan, shuningdek olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ularning ehtiyot qismlari va zarur materiallar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylarda tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohasida yangi tashkil etiladigan mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga yagona soliq toʻlovini toʻlashdan ozod etilishi qishloq va olis tumanlarda xususiy tibbiyotni jadal rivojlantirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada, xususiy tibbiyot muassasalarining soni 440 taga koʻpayib, ularning umumiy soni 4 mingga yetdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, davlat tibbiyot muassasalarining ayrim funksiyalarini sogʻliqni saqlashning xususiy sektoriga oʻtkazish, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish, shuningdek respublikada va chet elda tibbiy kadrlarning malakasini oshirish, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash tizimini joriy etish masalalari dolzarbligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlashning xususiy sektorini rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmlarini yanada kengaytirish, xususiy tibbiyot sohasiga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Qoʻchqorov)ning davlat tibbiyot tashkilotlari funksiyalarini davlat-xususiy sherikchiligi asosida tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish yuzasidan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi boʻlinmalar (oziq-ovqat bloklari, kir yuvish xonalari va boshqalar) faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlanadigan ayrim tibbiy xizmatlarni koʻrsatish yuzasidan takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2018-2019-yillarda hududlarda xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish boʻyicha parametrlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir haftalik muddatda 2018-2019-yillarda xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxati (keyingi oʻrinlarda manzilli roʻyxat deb ataladi) va uning “Yoʻl xaritasi”ni mazkur qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qoʻmitasi bilan birgalikda manzilli roʻyxat loyihalari tashabbuskorlariga ular belgilangan tartibda zarur hujjatlarni taqdim etganda qurilishni amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va “AKFA MEDLINE” masʼuliyati cheklangan jamiyatining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Koreya Respublikasi yetakchi oliy tibbiy taʼlim muassasalaridan birining faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasining tibbiyot markazlari va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda “AKFA MEDLINE” MCHJ xususiy klinikasi negizida xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish va mahalliy tibbiyot kadrlari malakasini oshirish Markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasining ilgʻor klinikalari va tibbiyot markazlarining diagnostika, davolash, servis va menejment masalalari boʻyicha tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha tajribasini oʻrganish va mamlakatimiz tibbiyotiga joriy etish uchun ular bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AKFA MEDLINE” masʼuliyati cheklangan jamiyatining hududiy filiallarini tashkil etish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Yusupaliyev) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Nabiyev) hamda “AKFA MEDLINE” MCHJ (Nigmanov) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan takliflarni amalga oshirish boʻyicha dastur loyihasini (Yoʻl xaritasini) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki (Mullajonov) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Yusupaliyev) bilan birgalikda bir oy muddatda “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki qoshidagi nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining quyidagi xarajatlar nisbatini nazarda tutadigan foydalanish tartibini tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh foiz — yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va xususiy tibbiyot tashkilotlari shifokorlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqson besh foiz — xususiy tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda respublikaning har bir hududi uchun 1 million AQSH dollari miqdorida resurslar hajmini nazarda tutgan holda, “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki qoshidagi nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining 14 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarini shakllantirish manbalarini aniqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Yusupaliyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tibbiyot tashkilotlari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun xorijga yuborish, shuningdek xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Haydarov) bilan birgalikda davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlarini tadbirkorlik subyektlariga berish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Nabiyev) bilan birgalikda yetakchi xususiy tibbiyot tashkilotlari infratuzilmasini shartnoma asosida tibbiy kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalari talabalari, malakasini oshirayotgan amaliyotchi shifokorlar uchun oʻquv baza sifatida foydalanish tartibini tasdiqlasin hamda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot tashkilotlari faoliyatining shaffofligini taʼminlash hamda koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish konsepsiyasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy tartibga solish mexanizmlarini, tegishli infratuzilmaga ega boʻlgan zamonaviy tibbiyot majmualarini barpo etishni, mijozlarning mamlakatda boʻlish davrida ularga tashkiliy-maslahat koʻmagini koʻrsatgan holda mamlakatga kirish va chiqishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi tibbiy turizmni rivojlantirish konsepsiyasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tibbiyot tashkilotlari axborot tizimlarini “Sogʻliqni saqlash” axborot tizimlari kompleksiga va keyinchalik Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiyalash boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R. Kasimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Q. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3450-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3450-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda hududlarda xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARAMETRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar

Jami

Xorij investitsiyasi ishtirokida

shu jumladan:

yangi tashkil etiladiganlar

faoliyati kengayadiganlar

2018-yil

2019-yil

2018-yil

2019-yil

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

39

5

10

9

10

10

2.

Andijon viloyati

46

5

13

11

11

11

3.

Buxoro viloyati

52

5

13

23

13

3

4.

Jizzax viloyati

23

4

9

3

7

4

5.

Qashqadaryo viloyati

33

6

10

5

9

9

6.

Navoiy viloyati

22

3

5

4

8

5

7.

Namangan viloyati

34

5

14

4

8

8

8.

Samarqand viloyati

36

6

11

7

8

10

9.

Surxondaryo viloyati

43

5

20

7

10

6

10.

Sirdaryo viloyati

24

3

6

7

6

5

11.

Toshkent viloyati

40

6

21

2

11

6

12.

Fargʻona viloyati

33

6

7

1

13

12

13.

Xorazm viloyati

20

5

5

5

5

5

14.

Toshkent shahri

91

10

16

26

17

32

Jami

536

74

160

114

136

126

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 07/18/3450/0489-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)