Norasmiy tarjima
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktga doir
Fakultativ Bayonnoma
Mazkur Protokolda ishtirok etuvchi barcha davlatlar,
Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi pakt (bundan buyon “Pakt” deb yuritiladi) maqsadlariga bundan keyin ham erishish uchun va uning qarorlarini amalga oshirish uchun Paktning IV qismi asosida taʼsis etiluvchi Inson huquqlari boʻyicha qoʻmitaga (bundan buyon “qoʻmita” deb yuritiladi) mazkur protokolda taʼkidlanganidek, ushbu Paktda ifodalangan huquqlarimiz buzilib jabrlanayapmiz, deya taʼkidlayotgan ayrim shaxslarning xabarlarini qabul qilish va koʻrib chiqish imkoniyatini berish maqsadga muvofiqligini eʼtiborga olib, quyidagilar borasida kelishdilar:
1-modda
Mazkur Protokol ishtirokchisi boʻladigan, Paktning ishtirokchisi boʻlmish davlat qoʻmitaning yurisdiksiyasiga kiradigan shaxslardan xabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish vakolatini eʼtirof etadi, qayd etilgan shaxslar esa Paktda bayon qilingan huquqlardan biri ishtirok etuvchi davlat tomonidan buzilib, biz shuning jabrlanuvchisimiz deya tasdiqlaydi. qoʻmita Pakt ishtirokchisi sanalgan, lekin ushbu Protokol qatnashchisi boʻlmagan davlatga aloqador boʻlgan hech bir xabarni qabul qilmaydi.
2-modda
1-modda qoidalariga rioya qilingan hollarda, Paktda qayd etilgan huquqlardan birortasi buzilgan va huquqiy muhofazaning mavjud boʻlgan barcha ichki vositalaridan foydalanib boʻlindi deb uqtirayotgan shaxslar qoʻmita koʻrib chiqishi uchun yozma ravishda xabar taqdim etishi mumkin.
3-modda
qoʻmita mazkur Protokolga muvofiq taqdim etilgan har qanday xabarni, agar u imzosiz boʻlsa, yoki qoʻmita fikriga koʻra shu kabi xabarlarni taqdim etish huquqini suiisteʼmol qilish deb sanalsa yoki Pakt qoidalariga qarama-qarshi deb topilsa, nomaqbul deb hisoblashi mumkin.
4-modda
1. 3-modda qoidalariga rioya etilgan hollarda ushbu Protokolga muvofiq qoʻmita oʻziga taqdim etilgan har qanday xabarni mazkur Protokolda ishtirok etuvchi va tasdiqlayotganidek Paktning birorta qoidasini buzuvchi davlat eʼtiboriga oʻsha xabarni yetkazadi.
2. Bunday xabarni olgan davlat olti oy mobaynida qoʻmitaga bu masalani aniqlashtiruvchi biror-bir choralar koʻrilgan boʻlsa, qoʻmitaga shu toʻgʻrida yozma tushuntirish yoki bayonot taqdim qiladi.
5-modda
1. qoʻmita alohida shaxs tomonidan va manfaatdor ishtirokchi-davlat tomonidan taqdim etilgan barcha yozma hujjatlarni eʼtiborga olgan holda, ushbu Protokolga binoan olingan xabarlarni koʻrib chiqadi.
2. qoʻmita quyidagilar xususida tasdiq olinguncha quyidagi xabarlarni koʻrib chiqmaydi:
a) ayni shu masala boshqa xalqaro muhokama yoki tartibga solish tartib-qoidalariga binoan koʻrib chiqilmayotgani haqida;
b) ushbu shaxs huquqiy himoyaning barcha imkoniyatli vositalaridan foydalanib boʻlgani xususida.
3. Mazkur Protokolda qayd etilgan xabarlarni koʻrib chiqishda qoʻmita yopiq majlis oʻtkazadi.
4. qoʻmita oʻz fikr-mulohazalarini tegishli ishtirokchi-davlatga va shaxsga maʼlum qiladi.
6-modda
qoʻmita 45-moddada nazarda tutilgan yillik maʼruzasiga ushbu Protokolga muvofiq oʻz faoliyati haqida qisqacha hisobotni kiritadi.
7-modda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1960-yil 14-dekabrda qabul qilingan Mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga Mustaqillik berish haqidagi Deklaratsiya xususidagi 1514 (XV) rezolyutsiyasi maqsadlariga erishilgunga qadar ushbu Protokol qoidalari mazkur xalqlarga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va ixtisoslashgan muassasalarning boshqa xalqaro konvensiyalari hujjatlari taqdim etgan petitsiyalar berish huquqini hech bir shaklda cheklamaydi.
8-modda
1. Ushbu Protokol Paktga imzo chekkan har bir davlat tomonidan imzo chekilishi uchun ochiq.
2. Ushbu Protkol Paktni ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan har bir davlat tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya yorliqlari saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga topshiriladi.
3. Ushbu Protokol Paktni ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan har bir davlat uchun ochiq.
4. qoʻshilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qoʻshilish haqidagi hujjatni saqlash uchun topshirish bilan amalga oshiriladi.
5. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Protokolni imzolagan yoki unga qoʻshilgan barcha davlatlarni qoʻshilish toʻgʻrisidagi har bir ratifikatsiya yorligʻi yoki hujjat saqlash uchun topshirilgani haqida xabardor qiladi.
9-modda
1. Pakt kuchga kirgan sharoitda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qoʻshilish haqidagi oʻninchi ratifikatsiya yorligʻi yoki hujjati saqlash uchun topshirilgan kundan boshlab uch oy oʻtgach ushbu Protokol kuchga kiradi.
2. qoʻshilish toʻgʻrisidagi oʻninchi ratifikatsiya yorligʻi yoki hujjat topshirilgandan soʻng mazkur Protokolni ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan har bir davlat uchun ushbu Protokol qoʻshilish toʻgʻrisidagi oʻsha davlatning shaxsiy ratifikatsiya yorligʻi yoki hujjati saqlash uchun topshirilgan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
10-modda
Ushbu Protokol qarorlari federativ davlatlarning hamma qismlariga hech bir cheklash yoki istisnosiz tatbiq etiladi.
11-modda
1. Mazkur Protokolda ishtirok etuvchi har bir davlat tuzatish taklif etishi va ularni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Bosh kotib soʻngra hamma tuzatishlarni ushbu Protokolda ishtirok etuvchi davlatlarga yuborib ular shu taklifni koʻrib chiqish va shuning yuzasidan ovoz berish maqsadida ishtirok etuvchi davlatlar konferensiyasini chaqirishni yoqlash yoki yoqlamasligini bildirishini soʻrab iltimos qiladi. Agar ishtirokchi-davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiyani chaqirishni yoqlab chiqsa Bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida oʻsha konferensiyani chaqiradi. Ushbu konferensiyada ishtirok etib va ovoz berishda qatnashgan davlatlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan har qanday taklif Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
2. Tuzatishlar ularni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tasdiqlagandan soʻng va ushbu Protokolda ishtirok etuvchi davlatlarning konstitutsiya tartib qoidasiga muvofiq ularning uchdan ikki qismi tomonidan qabul qilinishi bilan kuchga kiradi.
3. Tuzatishlar kuchga kirgach, shu tuzatishlarni qabul qilgan ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy boʻladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa mazkur Protokol qarorlari va ular ilgari qabul qilgan barcha tuzatishlar majburiy boʻlib qoladi.
12-modda
1. Har bir ishtirokchi-davlat har qanday vaqtda Birlashgan Millatlar Tashqiloti Bosh kotibi nomiga yozma xabarnoma berish yoʻli orqali ushbu Protokolni bekor qilishi mumkin. Bosh kotib bunday xabarnomani olgan kundan boshlab uch oy oʻtgach bekor qilish kuchga kiradi.
2. Bekor qilish 21-moddaga asosan bekor qilish kuchga kiradigan sanagacha taqdim etilgan har qanday xabarga ushbu Protokol qoidalarini tatbiq etaverishga toʻsqinlik qilmaydi.
13-modda
a) 8-moddaga asosan imzolashlar, ratifikatsiyalar va qoʻshilishlar;
b) 9-moddaga asosan ushbu Protkolning kuchga kirish sanasi va 11-moddaga muvofiq har qanday tuzatishlarning kuchga kirish vaqti;
s) 12-moddaga koʻra bekor qilishlar.
14-modda
1. Ushbu Protokol ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuzilgan boʻlib, hamma matnlar teng kuchga ega. Protokol saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti arxiviga topshirilishi lozim.
2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Protokolning tasdiqlangan nusxalarini Paktning 48-moddasida koʻrsatilgan barcha davlatlarga joʻnatadi.
(imzolar)